Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


-rasm. Umurtqali hayvonlar skeletining sxemasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

14-rasm. Umurtqali hayvonlar skeletining sxemasi: I-baliqlar skeleti; 
II-quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar skeleti.
Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, ko`rish, eshitish
muvozanat saqlash), hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bog’langan 
jabralarni mustahkamlab turish funktsiyasini bajaradi. Bosh skeleti ikki qismdan – 
miya qutisi (bosh miya va sezgi organlarini himoya qilib turuvchi) va vistseral 
(hazm qilish va jabralar bilan bog’langan) qismlardan iborat. 
O`q skeleti tuban umurtqali hayvonlarda (to`garak og’izlilar va ayrim tur 
baliqlarda) hamda boshqa umurtqali hayvonlarning embrionlarida, asosan 
xordadan iborat bo`ladi. 
Xordani biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan qin o`rab turadi, bu qin markaziy 
nerv sistemasini ham qo`shib o`rab oladi va skeletogen qatlam, ya`ni tog’ay yoki 
suyak umurtqa pog’onasini paydo qiladigan qatlam hisoblanadi. Shuni ta`kidlash 
lozimki, suyak yoki tog’ay skelet hosil qilishda xordaning o`zi ishtirok etmaydi. 


Umurtqali hayvonlarning umurtqa pog’onasi bir-biri bilan harakatchan 
tarzda qo`shilgan bir qancha umurtqalardan iborat bo`ldi. Jag’sizlarning (to`garak 
og’izlilar sinfi vakillarining) umurtqalari murtak holida bo`ladi, shunga ko`ra 
umurtqa pog’onasi bo`limlarga bo`linmaydi. Baliqlarning umurtqa pog’onasi 2 ta 
bo`limga – qovurg’alar o`rnashgan tana bo`limiga va qovurg’asiz dum bo`limiga 
bo`linadi. 
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning tipik umurtqa pog’onasi 5 
bo`limdan, ya`ni bo`yin, ko`krak, bel, dumg’aza va dum bo`limlaridan iborat. 
Ko`krak bo`limining qovurg’alari to`sh bilan qo`shilib, ko`krak qafasini hosil 
qiladi. Umuman, taraqqiy etgan umurtqa pog’onasi bir tomondan, butun gavdaga 
tayanch bo`lsa, ikkinchidan orqa miya va ichki organlar uchun saqlovchi g’ilof 
bo`lib xizmat qiladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda o`q skeleti oyoq 
kamarlari bilan qo`shilib, juft oyoqlarga ham tayanch bo`ladi. 
Oyoqlar skeleti toq va juft oyoq (suzgich qanot) skeletlariga bo`linadi. Toq 
oyoqlar (suzgich qanot) skeleti faqat birlamchi suv hayvonlarida (to`garak 
og’izlilar va baliqlarda) bo`ladi. Ular orqa, dum va anal suzgich qanot pardalarini 
tutib turadigan tashqi skelet – shu`lalardan hamda gavda muskullariga o`rnashgan 
va suzgich qanot shu`lalarini tutib turadigan ichki skelet – radial shu`lalardan 
iborat. Juft oyoqlar (suzgich qanotlar) skeleti, oyoq kamarlari skeletiga va erkin 
oyoq skeletlariga bo`linadi.
Harakat organlari kamarlari hamma vaqt hayvon tanasining ichida 
joylashgan bo`ladi. Ularning tuzilishi har xil guruhlarda turlicha bo`lganligi uchun 
o`z joyida tushuntiriladi.
Baliqlarning suzgich qanot kamarlari birmuncha sodda tuzilgan bo`ladi va 
umurtqa pog’onasiga qo`shilib turmaydi. 
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning juft oyoqlari baliqlarning juft 
suzgich qanotlaridan farq qiladi. Oldingi yoki yelka kamarining tipik elementlariga 
kurak, korakoid va prokorakoid kiradi. Ularda qoplag’ich suyak -o`mrov ham 
bo`ladi. Tos yoki chanoq kamarida yonbosh, quymich va qov suyaklari bor. 
Chanoq kamarida qoplag’ich suyaklar yo`q. 
Erkin oyoq skeleti faqat ichki skeletdan iborat bo`lib, 3 bo`limga bo`linadi. 
Birinchi bo`lim bitta, ya`ni yelka yoki son suyagidan, ikkinchi bo`lim 2 ta 
suyakdan, ya`ni tirsak va bilakdan hamda katta va kichik boldir suyaklaridan 
iborat, uchinchi bo`lim esa 3 ta kichik bo`limlarga: oldingi oyoqda – bilaguzuk, 
kaft va barmoq suyaklariga, orqa oyoqda – tovon, oyoq kafti va barmoq 
suyaklariga bo`linadi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling