Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi
Jinsiy organlari va ko`payishi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanishi.
Jinsiy organlari va ko`payishi. Umurtqalilarning jinsiy bezlari odatda juft
bo`ladi. Ular mezodermadan hosil bo`ladi. Hamma umurtqali hayvonlar ayrim jinsli. Faqat to`garak og’izlilar va baliqlar orasida ayrim turlari germafrodit hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar jinsiy usulda ko`payadi. Juda ko`pchilik baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuxumlari tashqi muhitda; sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning tuxumlari esa ona organizmida urug’lanadi. Rivojlanishi. Ko`pchilik to`garak og’izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tuxumdan chiqqan lichinkasi o`zgarish orqali boradi, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarning tuxumdan chiqqan nasli esa o`zgarishsiz rivojlanadi. Yuqorida keltirib o`tilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, umurtqalilar kenja tipi vakillarining, jumladan, yuksak rivojlangan umurtqalilarning turq-atvori va turlar ichidagi munosabatlari murukkablashadi, ko`payishning samaradorligi oshadi, pushtdorlik va o`lim kamayadi hamda nasl qoldirish uchun kurash kuchayadi. Bu esa umurtqali hayvonlarning keng va xilma-xil hayot muhitida tarqalishiga imkon beradi. UMURTQALILAR (VERTEBRATA) YOKI BOSHSKELETLILAR (CRANIATA) KENJA TIPI SISTEMATIKASI Umurtqalilar kenja tipiga 38000 dan ortiq tur kiradi. O`zbekistonda esa umurtqali hayvonlarning 693 ta turi uchraydi. Umurtqalilar kenja tipiga kiruvchi hayvonlar tuzilishi va hayot tarziga ko`ra 2 ta guruhga bo`linadi: 1. Anamniyalar, ya`ni murtak pardasiz (Anamnia) umurtqalilar; 2. Amniotalar, ya`ni murtak pardali (Amniota) umurtqalilar. Shuningdek, umurtqalilar kenja tipi 2 ta bo`limga bo`linadi: 1. Jag’sizlar (Agnatha) bo`limi. 2. Jag’og’izlilar (Gnathostomata) bo`limi. Jag’sizlar bo`limiga jag’sizlar (Agnatha) katta sinfi va bitta to`garak og’izlilar (Cyclostomata) sinfi kiradi. Jag’og’izlilar bo`limiga esa baliqlar (Pisces) va quruqlikda yashovchi umurtqalilar, ya`ni to`rtoyoqlilar (Tetrapoda) katta sinflari kiradi. Baliqlar katta sinfi o`z navbatida tog’ayli baliqlar (Chondrichthyes) va suyakli baliqlar (Osteichthyes) sinflariga bo`linadi. To`rtoyoqlilar katta sinfiga esa suvda hamda quruqlikda yashovchilar (Amphibia), sudlalib yuruvchilar (Reptilia), qushlar (Aves) va sutemizuvchilar (Mammalia) sinflari kiradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling