Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi
Download 1,01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon aylanish sistemasi.
Nafas olish sistemasi. Lantsetnik ichagining oldingi qismi tanasining o`rta
qismigacha cho`zilgan halqumdan iborat. Halqum devorida juda ko`p (100 juftdan ortiq) jabra yoriqlari bor. Bu yoriqlarni devori juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan ta`minlangan. Jabra yoriqlari maxsus jabraoldi bo`shlig’iga, bu bo`shliq esa qorin tomonida tashqariga ochiladi. Jabraoldi bo`shlig’i – jabralarni zararlanishdan va hayvon qumga ko`milganida ifloslanishdan saqlaydi. Suv og’izoldi paypaslagichlari orqali dastlab og’iz bo`shlig’iga, undan juda ko`p kiprikchalar yordamida halqumga haydaladi va jabra yoriqlari orqali jabra oldi bo`shlig’iga chiqib ketadi. Qon aylanish sistemasi. Lantsetnikning qon aylanish sistemasi boshqa xordali hayvonlarniki singari yopiq bo`lib, ikkita yirik orqa va qorin qon tomirlaridan hamda ulardan ketuvchi kichikroq tomirlardan iborat (9-rasm). 9-rasm. Lantsetnikning qon aylanish sistemasi sxemasi: 1–olib keluvchi jabra arteriyasi, 2– olib ketuvchi jabra arteriyasi, 3–uyqu arteriyasi, 4–orqa aortasi, 5–qorin aortasi, 6–kyuvyerov oqimi, 7–orqa aorta ildizi, 8–dum venasi, 9 - oldingi kardinal vena, 10 – keyingi kardinal vena, 11– ichak osti venasi, 12 – jigar qopqa venasi. Karbonat angidrid bilan to`yingan qon butun tanadan qorin qon tomiriga yig’iladi va undan tananing oldingi tomoniga oqadi. Qorin qon tomiridan jabralarga juda ko`p mayda qon tomirlari keladi. Jabralarda sodir bo`ladigan gaz almashinuvi tufayli qon kislorod bilan boyiydi. Bu qon jabralardan ikkita orqa qon tomiriga oqib chiqadi. Bu tomirlar halqumdan o`tgach umumiy bitta tomirga birlashadi. Qon orqa tomirlardan boshlanadigan mayda tomirlar orqali tanadagi barcha organlarga tarqaladi. Boshskeletsizlarning qon aylanish sistemasi boshqa ko`pchilik xordalilarga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Yuragi bo`lmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli qon harakatga keladi. Tarkibida nafas olish pigmenti - gemoglobin bo`lmasligi tufayli boshskeletsizlarning qoni rangsiz bo`ladi. Download 1,01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling