Boshskeletsizlar (acrania) kenja tipi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana15.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1094459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-Maruza (2)

Muskul sistemasi. Lantsetnik muskullari tasmaga o`xshab tanasining ikki 
yoni bo`ylab joylashgan. Muskul tasmalari biriktiruvchi to`qimadan iborat yupqa 
to`siqlar – mioseptalar yordamida qator bo`lib joylashgan miomerlar 
(segmentlar)ga ajralgan. Muskullar qorin tomonida va suzgich burmalari asosida 
ham bo`ladi. Lantsetnik ana shunday muskullari yordamida tanasini to`lqinsimon 
harakatlantirib yonboshida suzadi, tanasini egib turli harakatlar qiladi yoki qumga 
ko`milib oladi. Hayvon bezovta qilinganida qumdan chiqib biroz suzib yuradi va 
darrov qumga yana ko`milib oladi. 
Skeleti. Lantsetniklarning skeleti, asosan xordadan iborat. Uning ikkala uchi 
ham ingichkalashgan bo`lib, lantsetnik gavdasining bosh qismidan eng oxirgi 
uchigacha boradi. Xorda bosh qismida nerv nayidan ham uzunroq, shuning uchun 


ham bu sinf xordaboshlilar (Cephalochordata) deb ataladi. Xordani qalin 
biriktiruvchi to`qimali qavat – miosepta o`rab olgan, uning bir qancha o`simtalari 
mioseptalar va teri ostidagi biriktiruvchi to`qimali qavat bilan bog’langan. 
Ayniqsa, jabra apparatining skeleti murakkab, u hujayrasiz tolali gorizontal va 
vertikal to`sinlardan iborat bo`lib, nozik panjaraga o`xshaydi. Zich, dirildoq 
to`qimadan tashkil topgan ustunchalar suzgich qanotlarda tayanch vazifasini 
bajaradi. O`simta qamragichlarni va og’iz oldi voronkasini ham shunday 
ustunchalar tutib turadi, ammo ular uzun va ingichkaroq bo`ladi. 
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi tananing orqa tomonida xorda 
ustida joylashgan uzun naydan iborat. Nerv nayining oldingi tomoni biroz 
kengaygan, uning ichki qismi bo`ylab tor tirqish o`tadi. Naydan juda ko`p nervlar 
chiqadi. Ulardan ikki jufti tananing oldingi qismiga ketganidan bosh nervlar deb 
ataladi. Sezgi organlari juda sodda tuzilgan. Haqiqiy ko`zlari bo`lmaydi. Nerv nayi 
bo`ylab tarqoq joylashgan juda ko`p qora pigmentlar – Gesse ko`zchalari orqali 
hayvon yorug’likni sezadi, lekin narsalarni farqlay olmaydi. Shaffof teri orqali 
yorug’lik pigment «ko`zchalar»ga oson yetib keladi. Lantsetniklar yorug’likni 
yoqtirmaydi. Tanasining oldingi qismida hid bilish chuqurchasi joylashgan. Og’iz 
atrofidagi paypaslagichlari tuyg’u funktsiyasini bajaradi. Bundan tashqari 
tanasining butun yuzasi bo`ylab tuyg’u funktsiyasiga ega bo`lgan hujayralar 
joylashgan. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling