Bosim bilan ishlov berish
Download 37.75 Kb.
|
ishlov berish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuvish vositalari Yuvuvchi vositalar
МЕТАЛЛМАС МАТЕРИАЛЛАР Халқ хўжалигининг турли соҳаларида ишлатйладиган металлмас материалларни йшлатилишига кўра икки группага ажратиш мумкин: 1. Машина қисмларининг айрим деталларини тайёрлашда фойдаланиладиган материаллар (пластмасса, ёғоч, резина, шиша, керамика ва бошқалар). 2. Махсус материаллар (қоғоз, елим, лак, эмаль, бўёқ ва бошқалар). Сунъий равишда тайёрланган, муайян температура ва босим остида (таъсирида) пластик хоссаларга эга бўлган материаллар пластмассалар дейилади. Пластмассаларни таркибига кўра қуйидагя икки группага ажратиш мумкин: 1. Оддий пластмассалар, асосан, бир компонент смоладан иборат бўлади (плексиглас, полистирол, поли- этилен). 2. Мураккаб пластмассалар. Булар бир неча компонентдан иборат бўлиб, уларнинг ҳар бири маълум функцияни бажаради (фенопластлар, фторопластлар, тексто-литлар, стеклопластиклар), Пластмассалар ўзларининг физик-механик хоссаларига кўра термопласт ва термореактив пластмассаларга бўлинади. Термопластик пластмассалар (термопластлар) оддий группа пластмассалари бўлиб, улар маълум температурада қиздирилса ёки совитилса, ўзининг агрегат ҳолатини (қаттиқ ҳолатдан суюқ ҳолатга ва аксинча) бир неча марта ўзгартира олади. Термопластлар жумласига фторопласт, органик шиша, целлулоид, винилпласт, капрон, полиэтилен, этирол, полистирол ва бошқалар киради. Термореактив пластмассалар — реактопластлар бир марта қиздирилйб, босим билан ишлагандан кейин қайта суюқланмайди. Бу группа пластмассалар жумласига текстолит, асботекстолит, гетинакс, эпокспластлар, аминопластлар ва бошқалар киради. Пластмассалар бошқа шу каби зарурий хоссаларга ҳам эга бўлганлиги учун,улардан хйлма-хил буюм (деталь) лар тайёрлашда фойдаланилади. Пластмассалардан, асосан, қолиплаш, қуйиш, пресслаш, сиқиб чиқариш ва бошқа.усуллар билан буюмлар тайёрланади. Уларни металл кесувчи станоклар ёрдамида осонгина кесиб ишлаш, қирқиш, фрезерлаш, пардозлаш, жилвирлаш мумкин.
Yuvish vositalari Yuvuvchi vositalar (tozalovchi vositalar) — turli materiallar sathidagi, inson va hayvonlar tanasidagi kirlarni yuvish uchun qoʻllanadigan modda yoki moddalar aralashmasi. Yuvuvchi vositalar tarkibiga sintetik yuvuvchi moddalar (sovunga oʻxshash sirt faol moddalar) va turli qoʻshimcha vositalar (mineral tuzlar, organik birikmalar va boshqalar) kiradi. Yuvuvchi vositalar sifatida qadimdan ishqoriy tuzlar (potash, tabiiy soda), gidrofil loylar (mas, gilvata), baʼzi oʻsimliklarning sharbati qoʻllangan. 19-asrda sovungarlik sanoatining vujudga kelishi bilan bu tabiiy Yuvuvchi vositalar oʻz mavqeini yoʻqotdi. Yuvuvchi vositalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish ilk bor 19-asrning 30-yillarida Germaniyada yoʻlga qoʻyildi; 1950-yildan boshlab Yuvuvchi vositalar qariyb barcha rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarila boshlandi. Bu vaqtda yogʻdan olinadigan sovun ulushi Yuvuvchi vositalar umumiy hajmiga nisbatan anchagina kamayadi. Yuvuvchi moddalar barcha Yuvuvchi vositalar xossasini belgilovchi tarkibining asosiy qismini tashkil etuvchi sirt faol moddalardir. Yuvuvchi vositalar eritmalarda (aniqrogʻi, yarim kolloid sistemada) mitsellalar hosil qiladi va ularning yuvish qobiliyati ana shu eritma xossasiga bogʻliq. Yuvuvchi moddalar ionlarga dissotsilanadigan — ionli va ionlarga dissotsilanmaydigan — ionsiz sinflarga boʻlinadi. Ionli moddalarning sirt faol ioni manfiy zaryadli boʻlsa, anion faol, musbat zaryadli boʻlsa kation faol deyiladi. Sirt faol ionlar ishqoriy sharoitda manfiy, kislotali sharoitda musbat zaryadlansa, bunday yuvuvchi moddalar amfoter yoki amfolit deb ataladi. Eng koʻp tarqalgan yuvuvchi moddalar anion faol moddalardir. Bular asosida barcha sovunlar va koʻpchilik sintetik Yuvuvchi vositalar olinadi. Sintetik Yuvuvchi vositalar tarkibida yuvish jarayonini yaxshilovchi qoʻshimcha moddalar boʻladi. Bularga kuchsiz anorganik kislotalarning ishqoriy tuzlari (natriy karbonat, natriy bikarbonat, natriy silikat, turli tarkibli fosfatlar), neytral tuzlar (natriy sulfat, natriy xlorid), oqartirish va dezinfeksiyalash xossalariga ega boʻlgan peroksidlar tuzi (natriy perborat, natriy perkarbonat) va boshqalar kiradi. Yuvuvchi vositalar tarkibiga xushboʻy moddalar ham qoʻshiladi. Yuvuvchi vositalar tarkibidagi komponentlar miqdori ularning qanday maqsadda qoʻllanishi hamda iqtisodiy va sanitariyagigiyena talablariga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Yuvuvchi vositalarning asosiy qismi kukun holda, qolganlari esa suyuq, pasta va boshqalar holda sotishga chiqariladi. Ularning kir, shisha, fayans, sirli sopol, emallangan metall buyumlarni tozalash kabi maqsadlar uchun alohida turlari mavjud. Jun, ipak, sintetik va sunʼiy toladan toʻqilgan matolar, ip gazlamalarni yuvish maxsus Yuvuvchi vositalar hamda barcha matolarni yuvishga moʻljallangan universal Yuvuvchi vositalar ishlab chiqariladi. Download 37.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling