Bosim bilan ishlov berish


Kimyoviy-termik ishlov berish


Download 37.75 Kb.
bet2/6
Sana14.02.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1198133
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ishlov berish

Kimyoviy-termik ishlov berish
Kimyoviy-termik ishlov berish deb poMat sirtqi qatlamining tarkibi,
strukturasi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida unga bir yoMa ham
kimyoviy, ham termik ishlov berishdan iborat boMgan jarayondir.
Kimyoviy-termik ishlov berish diffuziya hodisasiga, ya’ni poMat
tayyorlangan detalni turli kimyoviy elementlarga boy muhitda qizdirilganda, shu kimyoviy element atomlarining temir kristall panjarasiga
singishiga asoslangan. Kimyoviy-termik ishlov berishning sementatsiyalash, nitrosementatsiyalash, sianlash hamda diffuzion metallash
kabi usullari mavjud.Sementatsiyalash, bu poMatdan tayyorlangan detal yoki zagotovkani
As3 nuqtasidan yuqoriroq temperaturagacha (930-950°C) qizdirib, uning
sirtqi qatlamini optimal miqdorgacha (0,8-1%) uglerod bilan diffuzion
to‘yintirish jarayonidir; bunday toblashdan so‘ng detal sirtining qattiqligi ortadi (58-60 HRCE), o‘zagi esa qovushqoqligicha qoladi. PoMat 10,
15, 20 markaii kam uglerodlangan (0,1-0,18%) hamda kam uglerodli legirlangan poMatlar sementatsiyalanadi.
Uglerodlovchi muhit sifatida qattiq karborizatorlar (pista ko‘mir,
soda bilan birgalikda torf koksi va boshqalar); suyuq (benzol, pirobenzol, kerosin va boshqalar); gazsimon (tabiiy gaz, uglerod oksidi va boshqalar) karbyurizatorlar boMib xizmat qiladi. Qizdirilganda karbyurizatorning parchalanishi natijasida paydo boMadigan uglerod atomlari
poMatning sirtqi qatlamiga singib, uni uglerodlaydi. Gaz bilan sementatsiyalash unumli va samaralidir, bunda sementatsiyalangan qatlam qalinligi 3 mm gacha yetadi.
Azotlash, bu poMatning sirtqi qatlamini diffuzion yoM bilan azotga
to‘yintirish jarayonidir. U polat sirtqi qatlamining qattiqligi, yeyilishga
chidamliligi hamda havoda, suvli, bugli va hokazo muhitlarda korroziyalanishga qarshiligini oshiradi. 500-600°C temperaturada azotlash
poMat sirtning qattiqligini, 600-800°C da azotlash esa korroziyalanishga
bardoshligini oshiradi.

Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling