Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Ventilyasiya tizimlarida oqib keluvchi va so‘rib chiqaruvchi kameralar


Download 1.6 Mb.
bet87/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Ventilyasiya tizimlarida oqib keluvchi va so‘rib chiqaruvchi kameralar.
Tayanch so‘z va iboralar:tashqi havoni qabul qilish qurilmasi, oqib kelish kamerasi, ventilyator, jalyuziya panjaralari, havoni qabul qilish qurilmasi.

Mexanik harakatlanuvchi oqib kelish qurilmalari quyidagi konstruktiv elementlarni o‘z ichiga oladi:


1.tashqi havoni qabul qilish qurilmasi.
2.oqib kelish kamerasi.
Bu kamerada elektrodvigatelli ventilyator va havoga ishlov berish, (havoni changdan tozalash uchun filtr, havoni qizdirish uchun kalorifer, havoni sovutish va namlash uchun qurilmalari o‘rnatiladi.
3. Havo quvurlarining tarmog‘i, bu quvurlar orqali havo ventilyatordan xonalarga uzatiladi.
4. Oqib kelish tirqishlari yoki o‘tqizma (nasadok) ulardan havo xonalarga oqib kiradi.
5. Jalyuziyali yoki dekorativ panjaralar havo chiqadigan tirqishlarga o‘rnatiladi.
6. Rostlash moslamalari (drossel-klapan yok zadvijka) havoni qabul qilish tirqishlarida va havo quvurlarining ajralmalarida o‘rnatiladi.
Havoni qabul qilish qurilmasi. Havoni qabul qilish qurilmasini joylashtirganda unga toza havo tushishini ta’minlash lozim. Buning uchun ularni odatda havo zararlanadigan joylarda (qozonxonalar, oshxonalar va shu kabilardan) gorizontal bo‘yicha10–12 m va vertikal bo‘yicha 6 m oraliqda joylashtiriladi

Mexanik va tabiiy ventilyasiya tizimlarida havoni qabul qilish er yuzasidan kamida 2 m balandlikda amalga oshiriladi, agarda havoni qabul qilish qurilmasi binodan uzoqda joylashgan bo‘lib, atrofi yashil zona bo‘lsa, u holda bu balandlik 1 m.gacha kamaytirilishi mumkin. Havo qabul qilish qurilmasi alohida turuvchi va bino bilan er tagida joylashgan ventilyasiya kanali yordamida bog‘langan shaxta (metro, sanoat binolarida), yoki binonig tashqi devoriga tirkab o‘rnatilgan shaxta ko‘rinishida ishlanishi mumkin. Agarda havo qabul qilish qurilmasi havo chiqarish shaxtasi oldida o‘rnatilsa ular orasidagi masofa 10 mdan kam bo‘lmasligi kerak. Ular yonma–yon joylashgan hollarda, havo chiqarish shaxtasini teshigi havo qabul qilish teshigida 2,5 m dan yuqori bo‘lishi kerak.


Sanoat binolarida tashqi havoni qabul qilish devorlarda va derazalarda joylashgan tirqishlardan tavsiya etiladi. Bu holda ular jalyuziyali panjarali bilan jihozlanadi.
Hozirgidavrdabinoniichkimaydonidanto‘liqfoydalanishuchunhamdazamonaviytexnologiyalarniishlatishmaqsadida, bundaykameralarnitomdayokisanoatbinolarningmaydonchalaridahamjoylashtirishmumkin. MisoltariqasidaYorkO‘zbekistonqo‘shmakorxonasiSHo‘rtangazob’ektiniloyihalashdaqabulqilgankamerasiko‘rsatilgan (7.5, 6-rasm).
Mazkur buyumlar har xil modifikatsiyadan iborat bo‘lishi mumkin.
•••••, [20.06.2022 21:32]
Ventilyator — havo yoki gazlarni haydovchi yoki soʻruvchi qurilma. Odatda, V. havo yoki gazni 0,15 MPa gacha bosim bilan haydaydi yoki soʻradi. Asosiy ish elementi motor va parrakli gʻildirakdan iborat. Binolar va shaxtalar havosini tozalash, q.x. mahsulotlari (don, paxta, pichan) ni quvur orqali uzatish, donni tozalash, saralash va quritishda qoʻllaniladi. V. ning haydovchi, soʻruvchi va aralash xillari boʻladi. Ishlash tarziga koʻra, havo oqimi oʻq boʻylab yoʻnalgan yoki oʻqaviy V. va markazdan qochma V. ga boʻlinadi. Oʻqaviy V. silindrik kojux 5, parrakli gʻildirak, kollektor, kirayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat, chiqayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat va uyurma . Markazdan qochma V.da parrak aylanganda havo oqimi kollektordan parrak kanallariga kiradi va markazdan qochma kuch taʼsirida spiral shaklidagi kojux Z ichiga oʻtib, chiqish teshigiga haydaladi. Hosil qiladigan bosimiga qarab, V. lar uch turga boʻlinadi: a) past bosimli (100 mm suv ust. dan past) — donni saralash va tozalash hamda kombayn V. lari; b) oʻrtacha bosimli (100 mm dan 300 mm gacha suv ust.) — pichan uchun moʻljallangan; v) yuqori bosimli (300 mm dan 1500 m gacha suv ust.) — don uchun moʻljallangan. Xonalarni shamollatish uchun moʻljallangan V. lar, koʻpincha, yumshoq parrakli qilib ishlab chiqariladi. Qayerda ishlatishga moʻljallanganligiga qarab, V. lar sanoat va maishiy xillarga boʻlinadi. Sanoat V. lari sanoat korxonalari, shaxtalar, metropoliten yoʻlaklari va b. joylarda, maishiy V. lar turar joy binolari, jamoat binolari, uy-joylar, idoralar va b. joylarda qoʻllaniladi. V. lar devorlar ichiga, shiplarga oʻrnatiladi; stol ustiga va polga qoʻyiladigan V. lar ham boʻladi.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling