Botanika fanidan kurs ishi mavzu: urug’chining tuzilishi va vazifasi kurs ishi rahbari
III BOB YOPIQ URUG`LI O`SIMLIKLAR URUG` KURTAGINING TUZILISHI
Download 198.06 Kb.
|
208 Urug`larni tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 Meva xosil bo`lishi.
III BOB YOPIQ URUG`LI O`SIMLIKLAR URUG` KURTAGINING TUZILISHI
3.1Yopiq urug`li o`simliklarning qo`shaloq otalanishi. Chang onalik og`izchasiga tushgandan so`ng changning ichki po`sti intinadan chang trubkasi o`sib chiqadi. Changning vegetativ yadrosi changning trubkasini o`sishiga yordam beradi. Chang trubkasi bola qopchig`iga o`sib kirgach vegetativ yadro erib ketadi. Generativ yadro esa chang trubkasida bo`linib, 2 ta spermiya xosil qiladi. Bu spermiyalar bola qopchig`iga kirib, 1 tasi bola qopchig`idagi tuxum xujayra bilan, 2si esa bola qopchig`idagi 2 lamchi markaziy yadro bilan qo`shiladi. Bu tipdagi otalanish-qo`shaloq otalanish deyiladi. Qo`shaloq otalanish 1818 y rus olimini Novashin topgan. Otalanish protsessi bo`lib o`tgandan so`ng tuxum xujayradan urug`ning embrioni vujudga keladi. Bola qopchig`ining 2 lamchi markaziy yadrosidan esa urug`ning endospermasi xosil bo`ladi. Urug` kurtagi qoplovchi to`qimasi intugumentda urug`ning po`sti xosil bo`ladi. 3.2 Meva xosil bo`lishi. Changlanish va otalanish protsessi natijasida onalik tugunidan meva, urug` kurtagidan esa urug` rivojlanadi. "Onalik tugunining o`zidan xosil bo`lgan mevaga chin meva deyiladi. (olcha,shaftoli)istinnыy plod. Ba`zan mevalarning xosil bo`lishida onalik tugunidan tashqari gul o`rni yoki kosacha bargi ishtirok etsa, soxta meva (lojnыy plod) deyiladi. M. olma, o`rik, nok, qulupnay, tarvuz, qovun. Meva qati tugunchaning devoridan hosil bo`lib, uch qavatga ega: 1. Ekzokarp 2. Mezakarp 3. Endokarp Agar meva 1 ta onalikdan xosil bo`lsa, oddiy meva deyiladi. M. Shaftoli, o`rik. Meva bir necha onaliklardan xosil bo`lsa, murakkab meva-slojnыy plod deyiladi. M. maymunjon, ayiqtovon. Ba`zi o`simliklarning mevasi bir qancha gullarining onaliklaridan xosil bo`lsa to`p meva deyiladi. M. tut, anjir, lavlagi mevasi. Mevalar tarkibidagi suvning miqdoriga qarab 2 ga bo`linadi. Quruq mevalar va xo`l mevalar. (sochnыye plodы). Quruq mevalar tarkibida 10-15%, xo`l meva tarkibida 70-90%suv bo`ladi. Quruq mevalar 2 ga bo`linadi. 1. Pishganda ochiladigan quruq mevalar 2. Pishganda ochilmaydigan mevalar. Pishganda ochilmaydigan quruq mevalar: 1. Doncha-zernovka. Bir urug`li meva bo`lib, urug` mevasiga yopishib ketgan. Bug`doy, sholi, arpa, jo`xori. 2. Semyanka-pista. Bir urug`li pishganda ochilmaydigan quruq meva bo`lib, mevasi urug`ga yopishmagan. M. qoqio`t, kungaboqar, qiyo o`tlarning mevasi. 3. Qo`shaloq pista-dvusemyanka. Soyabongullilar oilasiga kiruvchi o`simliklarning mevasi: sabzi, ukrop, kashnich, petrushka. 4.Qanotli pista-krilatka. Bunga manzarali daraxtlar: zarang, qayrag`och, qayinlarning mevasi. 5. Yong`oq orex. Bir urug`li pishganda ochilmaydigan quruq meva, urug`i mevaga yopishmagan bo`ladi. Mevasi yog`ochlangan toshsimon xujayradan tuzilgan. M.o`rmon yong`og`i, nasha, dubning mevasi, kashtanning mevasi. Pishganda ochiladigan quruq mevalar: 1. Bargcha-listovka. Bir xonali, ko`p urug`li, pishganda bir tomoni bilan yorilib ochiluvchi meva. M. ayiqtovon, parpi, sedana. 2. Dukkak-bob. Bir uyali asosan ko`p urug`li, ba`zan 1 yoki 2 urug`li pishganda xar 2 tomoni bilan yorilib ochiladigan quruq meva. M. dukkaklilar oilasiga kiruvchi o`simliklar: mosh, no`xat, loviya, beda, yer yong`oq, akatsiya. 3. Qo`zoq -qo`zoqcha - Struchok-struchochek. Ikki xonali, ko`p urug`li, pishganda har tomoni yorilib, pastdan yuqoriga ochiluvchi quruq meva. Qo`zoqning bo`yi enidan 4 va undan ortiq marta katta. Qo`zoqchaning bo`yi eni bilan barobar bo`ladi, yoki sal kattaroq bo`lishi mumkin. M. Karamdoshlar oilasi (Brassicaceae) Qo`zoq - karam, sholg`om, rediska. Qo`zoqcha jag`-jag`. 4. Ko`sak-korobochka. Bir xonali yoki ko`p xonali, hamma vaqt ko`p urug`li, pishganda xar xil usullar bilan ochiluvchi quruq meva. M. G`o`za - Gossypium, ko`knori - Papaver, gulsafsar, bangidevona - Patura, mingdevona - Hyosyamus, choy, xina. Xo`l mevalar ham 2 ga bo`linadi: 1. Danakli xo`l mevalar-kostyanka. 2. Danaksiz xo`l mevalar-yagoda. Danakli mevalar bir urug`li bo`lib, mevasining ichki qavati, toshsimon xujayradan tuzilgan. 1. Ekzokarp-tashqi. 2. Mezokarp-o`rta. 3. Endokarp-ichki. Danaksiz mevalar ko`p urug`li bo`ladi. M. uzum, anor, qovun, tarvuz, pamidor. Asosiy tushunchalar: gul o’rni, bandi, gulqo’rg’oni, gulkosa, gultoj, aktinomorf (to’g’ri), zigomorf (qiyshiq), nosimmetrik gullar. Androtsey (erkak, uy) mikrosporogenez, mikrospora (kichik, spora), vegetativ, generativ hujayralar, ginetsey (urg’ochi, uy), apokarp (aks meva), senokarp (umumiy - meva), sinkarp (birgdalikdagi meva), lizikarp ginetseyla, urug’bandi, nusellus (yadro), integument (qoplama), sinergidlar (birgalikda), antipodlar (qarama – qarshi oyoq), xalaza (urug’kurtak tagi), avtogamiya, geytogamiya, klustogamiya, etnomofiliya, orintofiliya, xiropterofitliya, anemofiliya, gidrofiliya, ochiq va yopiq to’pgullar, brakteoz, frondoz, monoxaziy, dixaziy, pleyexaziy,tirs. Gulli o’simliklar uchun xos bo’lgan generativ organ (a’zo) hisoblanib, u o’sishi cheklangan, shakli o’zgaran novdadir hamda maxsus vazifalarni bajarishga moslashgan. Gul rivojlanishining turli bosqichlarida mikro- va megasporonez, changlanish, urug’lanish va murtakning shakllanishi, nihoyat mevaning hosil bo’lishi kabi murakkab jarayonlar o’tadi. Gulda – gul bandi yoki gul o’rni, gulqo’rg’on barglari, changchilar va bir yoki bir necha sondagi mevabarglardan hosil bo’lgan urug’chilar bo’ladi.Gul o’rni ko’pincha yassi, ba’zisi qabariq (ayiqtovon, malina, magnoliya) yoki biroz botiq shakllarda bo’ladi. Gulyonbarg bilan gul orasidagi masofa gulband deyiladi. Gulning o’rama barglari kosachabarglari gulkosani, tojbarglari esa gultojni tashkil etadi. Ba’zan g’uza o’simligigulidagidek qo’sh qavat gulkosa uchraydi. Bunday hollarda tashqi gulkosa ost kosacha deb ataladi. Kosachabarglar ko’pincha yashil rangda, kamdan – kam hollardagina rangdor bo’lishi mumkin. Tojbarglar esa odatda qizil, pushti, havo rang va boshqa ranglarda bo’yalgan bo’ladi. Gulkosa ham, gultoj ham erkin yoki qo’shilgan bo’ladi. Olma, anor gullarida gulkosa qo’shilgan, tojbarglar erkin. Erkin gulkosa va gultoji gullar juda kam uchraydi. Qo’ng’iroqgulda gulkosa va gultojlar qo’shilgan. Odatda qo’shilmagan tojbarglarning uchki tomoni kengayib tashqariga bukilgan, asosi esa toraygan (chinniguldoshlarda) bo’ladi. Bunday tojbargda toraygan qismi oyokcha, kengaygantomoni esa qaytaqa deb ataladi. Qo’shilgan tojbarglarda gultoj uch qismdan, ya’ni naycha, tojbo’g’iz (naychadan qaytaqaga o’tish chegarasi) va qaytaqadan tashkil topadi. Ba’zi o’simliklarda chinniguldagi kabi oyokcha bilan qaytaqa chegarasida har xil o’simtalar hosil bo’lib, ularni yontoj deyoiladi. O’rama barglar gulda birgalikda gulqo’rg’on hosil qiladi. Gulqo’rg’onni bo’lish yoki bo’lmasligi hamda uning tuzilishiga ko’ra gullar quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Gomoxlamid gullar. Gulqo’rg’oni oddiy, ya’ni gulbargchalar ko’p sonda bo’lib, spiral joylashadi. Ular kosachasimon yoki tojsimon. Bunday gullar yopiq urug’lilarning qadimgi oilalari (liliya, lola, magnoliya) uchun xosdir. 2. Geteroxlamid gullar. Qo’sh gulqo’rg’onli, ya’ni kosacha va gultojlarga ajralgan gullar. Gulli o’simliklarning ko’pchiligi qo’sh gulqo’rg’onli, masalan g’o’za, olma, o’rik, beda va boshoqlar. 3. Gaploxlamid yoki monoxlamid gullar. Bitta doiradagi gulqo’rg’on barglariga ega bo’lib, odatda kosachasimon (lavlagi, oq sho’ra, qayrag’och, qichitki). 4. Apoxlamid gullar. Gulqo’rg’onlarga ega emas (tollar, shumtol va boshqalar). Download 198.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling