Botanika fanidan kurs ishi mavzu: urug’chining tuzilishi va vazifasi kurs ishi rahbari
Download 198.06 Kb.
|
208 Urug`larni tuzilishi
2. 2 Urug`larni tuzilishi va tiplari
Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud. 1. O`z-o`zidan changlanish. 2. Chetdan changlanish Tabiatda ko`pchilik o`simliklar kleystogamli gullar hosil qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli (ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan: yeryong`oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul va meva hosil qiladi. O`simliklarning o`z-o`zidan changlanishi Ch. Darvin tomonidan 27 yil davomida o`rganilgan. Natijada u shunday xulosaga kelgan: Chetdan changlanish nasil sifatini yaxshilanishiga olib keladi. Hashoratlar yordamida changlanuvchi o`simliklar entomofil o`simliklar deyiladi. O`simliklarning hashoratlar yordamida changlanishi tabiatning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Changlanishda asalari, kapalak, pashsha, qo`ng`iz, chumoli va boshqa hashoratlar muhim rol o`ynaydi. Nektar tarkibi 25-95% suv, 3-72% glyukoza va tamli shakarga to`g`ri keladi. Shiradonlar gulning gulqo`rg`on qismida joylashgan bo`lib hashoratlarni gulning ichiga kirishiga majbur qiladi. Chang yuzasining g`adir-budur va yopishqoqlik xususiyati ularga yopishib boshqa gulga borganda changlanish jarayonini amalga oshiradi. Changning ko`pchilik hashoratlar uchun ozuqa bo`lishini magnoliya, lolaqizg`aldoq, pion, itburun kabi o`simliklar misolida ko`rish mumkin. Кo`pchilik gullarning gulkosa va gultojibarglari, changchi va urug`chilari ham o`ziga xos rangga ega bo`lib xasharotlarni jalb qiladi. Xasharotlarni jalb etishda guldagi efir moylar hisobiga hosil bo`lgan hid ham muhim rol o`ynaydi. Gulda hid hosil bo`lishi indol, ammiak, benzol moddasi bilan bog`liqdir. Shamol vositasida changlanuvchi o`simliklarni Anemofil o`simliklar deyiladi. Bunday usulda changlanuvchi o`simliklarga quyidagi daraxt va o`tsimon o`simliklar kiradi; qayin, eman, yong`oq, terak, tol, o`t o`simliklardan g`allaguldoshlar, sho`raguldoshlar, zubturumdoshlar oilasi vakillari. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklar cheksiz chang hosil qiladi. Changlar yengil, quruq va mayda bo`lib, shamol yordamida uzoq masofalarga tarqalish xususiyatiga ega. Lavlagi changchi 200 m balandlikkacha ko`tarila oladi. Qayin changchi 30-35 km masofagacha ucha oladi. Bir tup makkajo`xori 50 mln chang hosil qiladi. Rogoz o`simligi changchidan Hindistonda non va pechene tayyorlansa, Meksikada indeyeslar makkajo`xori changchidan sup tayyorlaydi. Download 198.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling