Botanika fanidan kurs ishi mavzu: urug’chining tuzilishi va vazifasi kurs ishi rahbari


Mikrosporogenez va makrosporagenez taraqqiy etishi va rivojlanishi


Download 198.06 Kb.
bet5/13
Sana30.04.2023
Hajmi198.06 Kb.
#1407472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
208 Urug`larni tuzilishi

1. 2 Mikrosporogenez va makrosporagenez taraqqiy etishi va rivojlanishi.
Otalik changining taraqqiy etish va rivojlanishi
Mikrosporogenez
Otalik changi changdoni ichida:changdonning epidermisi-da, ya`ni subepidermal qavatida bo`lgan meristemaning ba`zi bir xujayralari boshqalariga nisbatan kuchliroq taraqqiy etgan bo`ladi. Bu xujayralar birlamchi arxesporalar deyiladi. Birlamchi arxesporalar kariokinez yo`lida 2 bo`linib, ko`payib 4 ta xujayra xosil qiladi. Xosil bo`lgan xujayralarning 2 tasi fibrioz, 3 si tapetum, 4 si ikkilamchi arxespora deb ataladi. Ikkilamchi arxesporalarning xujayrasi reduksion yo`lda bo`linib, 4 ta qiz xujayrani xosil qiladi. Bu 4 ta xujayrani tetrada deyiladi. Tetradaning xar bir xujayrasi rivojlanib changga aylanadi. Chang 2 qavat po`st bilan o`ralgan. Tashqi qavati ekzina, ichki qavati intina. Ekzina qalin bo`ladi. Intina yupqa bo`ladi, sellyulozadan tashkil topgan. Changning ichida 2 ta yadro vegetativ va generativ yadro bo`ladi. Generativ xujayraning bo`linishidan ikkita spermiy (otalik gametalari) hosil bo`ladi. Vegetativ xujayradan chang naychasi o`sib spermiylarning murtak xaltachasiga yetib borish yo`li hisoblanadi.
(Onalik embrion xaltachasining rivojlanishi va tuzilishi)
Makrosporagenez
Onalik tugunining subepidermal qavatida meristemadan birlamchi arxespora xosil bo`ladi. Birlamchi arxespora 2 marta bo`linib, 4 ta xujayra xosil qiladi. Birlamchi arxespora 2 marta bo`lingandan, 4ta xujayra xosil bo`lgandan so`ng xujayralarning yuqoridagi 2 tasi pariyental qavat, 3 chisi tapetum, 4 si 2 lamchi arxespora deyiladi. 2 lamchi arxespora reduksion yo`lda ko`payadi. Natijada 4 qiz xujayra tetrada xosil bo`ladi. Tetradaning 3 tasi nobud bo`ladi, 1 tasi rivojlanadi. Tetradaning 1 xujayrasining yadrosi 3 marta bo`linadi. Natijada bu xujayrada 8 ta yadro xosil bo`ladi. Yadroning 4 tasi xujayraning shimol qutbida 4 tasi janub qutbida joylashadi. Yuqoridan 1 tasi o`rtaga tushadi. Pastdan ham 1 tasi o`rtaga chiqadi. Bu yadrolar qo`shiladi. Bu qo`shilgan yadrolarni bola qopchig`ining markaziy yadrosi yoki ikkilamchi yadro deyiladi.
Yuqorida qolgan 3 ta yadroning 1 tasini tuxum xujayra, qolgan 2 tasini sinergida deyiladi. Pastdagi 3 tasini esa antipodalar deyiladi. Demak, yetilgan bola qopchig`ida 7 ta yadro bo`ladi.

Download 198.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling