Botanika fanidan kurs ishi mavzu: urug’chining tuzilishi va vazifasi kurs ishi rahbari
Download 198.06 Kb.
|
208 Urug`larni tuzilishi
Changlanish- Otalanish
Changning otalanish changdonidan onalik og`izchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi. Changlanishi 2 xil bo`ladi: 1. O`zidan changlanish-Avtogamiya 2. Chetdan changlanish-Ksenogamiya 3. O`z-o`zidan changlanish. Bu jarayon quyidagicha kechadi. 1) Avtogamiya - urug`chining tumshuqchasiga shu gulning changdonidan chiqqan chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o`tadi. 2) Geytenogamiya - bir o`simlik individuli o`rtasida bo`ladi, ya`ni bir gul changdonidan chiqqan chang shu o`simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshuqchasiga tushadi. 3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, ya`ni yopiqlik paytida changlanish bo`ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), yeryong`oq (Arachis), arpa (Hordeum) o`simliklarida ko`rish mumkin. Buyuk biolog Charlz Darvin o`zining 27 yil mobaynida o`simlik gulining tuzilishini o`rgandi. CH.Darvin changlanish usullarini tekshirib ko`rdi. Darvin o`simliklarning o`zidan changlanishi tabiatda ozroq bo`lishi, chetdan changlanish esa ko`proq bo`lishini ko`rdi. Darvin o`simliklarning o`zidan changlanishida xosili sog`lom bo`lmasligini, chetdan changlanishda xosili sog`lom va o`zgaruvchan bo`lishini ta`kidlab o`tadi. Ivan Vlad, Michurin o`simliklarning chetdan changlanishini evolyutsiya taraqqiyot davrida progressiv faktor deb xisobladi. O`zidan changlanuvchi o`simliklarga: arpa, bug`doy, no`xat, loviya, suli, tariq, pamidor, g`o`za, zig`ir kiradi. Bu o`simliklar ba`zan chetdan ham changlanib turadi. Ba`zan paxta, zig`ir 3-5% chetdan changlanadi. Ba`zida ularda chetdan changlanish 50% gacha boradi. Faqat o`zidan changlanuvchi o`simliklar juda kam uchraydi. Bularning gullari mayda, ko`rimsiz va ochilmaydigan bo`ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryong`oq (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryong`oqning yer ustidagi gullari xosil bermay, tuproq ostki kleystogamiya gullari xosil beradi. Binafsha (viola) ning bahorgi chiroyli gullari xosil bermaydi. Yozgi ko`rimsiz gullar esa xosil beradi,o`zidan changlangan bo`ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar oilasidagi ba`zi o`simliklarning loviya, no`xat g`unchalik vaqtida o`zidan changlanadi. Arpa, bug`doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo`yadi. O`simliklarning ko`pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ham chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo`lsa ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday xodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Ba`zan o`simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o`simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o`simliklar misol bo`ladi. O`simliklarda otaliklaridan oldin onaliklari yetishi xodisai ham bo`ladi. Buni protogeniya deyiladi. karamguldoshlar (Brassicaceae), atirguldoshlar (Roseceae), zikrdoshlar (Berberidaceae). Ba`zan o`simliklar otalik, onaliklari baland past joylashgan bo`ladi. Bular geterostiliya deyiladi. M,primula (Primula) grechixa (Fagopyrum). Shuningdek ba`zi o`simliklarning otalik changi onaligi uchun zaxarli xisoblanadi. Buni orxid deb ataluvchi tropik o`simliklarda ko`ramiz. Qora bug`doy-roj o`simligining otalik changi onaligini changlata olmaydi. Shuning uchun ham ko`pchilik o`simliklar chetdan changlanadi. Chetdan changlanish 2 narsa ishtirokida bo`ladi: 1. Shamol -Anemofil-veteropilyayemiye rast. 2. Xashoratlar yordamida -Entomofiliya-nasekomoopilyayemiye. Ba`zi o`simliklar, mayda qushlar, mayda xayvonlar yordamida changlanadi. Hashoroatlar yordamida changlanishni entomofiliya deyiladi. Entomofil o`simliklarning guli yaxshi rivojlangan, ko`pincha to`pgullarga birlashgan bo`ladi. Gultoj barglari yaqqol ko`zga tashlanadi. Ranglari: oq, pushti, sariq, ko`k, qizil. Gullarida nektar bezlari yaxshi rivojlangan changlari yirik tukli yopishqoq bo`ladi. O`rik, gilos, shaftoli, anjir, nok kabi daraxt o`simliklar hashoratlar yordamida changlanadilar. M.tropik mamlakatlarda ba`zi o`simliklar va mayda daraxtlar kolibri degan kichkina qush yordamida changlanadi. Avstraliya o`rmonlaridagi o`simliklar olmaxonlar yordamida changlanadi. O`simliklar suv yordamida ham changlanadi. Bunday changlanish gidrofiliya, o`simliklar esa gidrofil o`simliklar deyiladi. Suvda o`sadigan elodeya, valesneriya o`simliklar suv yordamida changlanadi. Bularning changlari po`sti bir qavat, changni tashqi qavat ekzina bo`lmaydi.Changning shakli ipsimon. Changning solishtirma og`irligi suvning solishtirma og`irligi bilan teng. Shamol bilan changlanadigan o`simliklar anemofil o`simliklar, changlanish esa anemofiliya deb ataladi. Anemofil o`simliklarning gullari ko`rimsiz, mayda va ko`pincha kuchala to`pgulga birlashgan. Nektar bezlari yo`q. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarga ochiq urug`li o`simliklardan: archa, qarag`ay, yopiq urug`li o`simliklardan:terak, tol, yong`oq, nasha, jo`xori kiradi. M.qandlavlagining otalik changi shu qadar yengilki 2000 m balandlikka ko`tarila oladi. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarning changlari juda ko`p bo`ladi va kichikroq bo`ladi. M.o`rmon yong`og`ining 1 ta otalik gulida kuchalasida 4 mln. chang bo`ladi. 1 ta jo`xorining otalik to`p gulida 50 mln.chang bo`ladi. Shamol yordamida changlanuvchi o`simliklarning gul to`plamlari, otaliklari, tebranib turadi. Onalik og`izchasi ham katta bo`ladi. O`simliklarning ko`pchilik qismi xashoratlar yordamida changlanadi. Gulli o`simliklarning 9/10 qismi xashorat, 1/10 qismi shamol yordamida changlanadi. Xashoratlar yordamida changlangan o`simliklarning gullari katta, chiroyli xidli bo`ladi. Ko`knori, gulsafsar, beda, mevali daraxtlar. Xashoratlar yordamida changlanuvchi o`simliklar gullarida shira ishlab chiqaradigan nektarniklari bor. Bular shirani ishlab chiqaradigan nektar deyiladi. Uning tarkibida 25-90% suv, 3-72% saxaroza, glukoza bo`ladi. Bulardan tashqari xashoratlar o`simlik changidan oziqlanadi. M.asalari chang bilan lichinkalarini boqadi. Xashoratlar yordamida changlanuvchi o`simliklarda nektarning qayerda bo`lishini ko`rsatuvchi belgilari bor: M.gulsafsarning toj bargida sariq tukchalar, lola, lolaqizg`aldoq, ko`knorini tojbargida qora dog`lar bor. Download 198.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling