Botanika fanidan kurs ishi mavzu: urug’chining tuzilishi va vazifasi kurs ishi rahbari
Download 198.06 Kb.
|
208 Urug`larni tuzilishi
II BOB URUG`.
2.1 Urug`ning unib chiqishi va tuzilishi. Urugʻ — 1) oʻsimliklarda (semen) — urugli oʻsimliklar generativ organi, nihol hosil qilish, tarqalish va tashqi noqulay sharoitlardan muhofaza qilish funksiyalarini bajaradi; odatda, urugʻlangandan keyin urugʻkurtakdan rivojlanadi; baʼzan urugʻlanmasdan ham rivojlanishi mumkin (qarang Apomiksis, Partenogenez). Urugʻ murtak (embrion), pust (krbiq) va koʻpincha zaxira oziq moddalar (endosperm, perisperm) dan iborat. Baʼzan Urugʻda bir necha murtak boʻlishi mumkin. Murtak zaxira oziq moddalar hisobiga rivojlanadi; bu moddalar endosperm va perispermda toʻplanishi mumkin. Endosperm va perisperm boʻlmagan urugʻlarda zaxira oziq moddalar (oqsil, yogʻ, kraxmal, qand, vitaminlar va boshqalar) urugʻ pallalarda toʻplanadi. Urugʻ qobigʻi urugʻkurtak devoridan hosil boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar U.ining qobigʻi tashqi (etli, sersuv) va ichki (qattiq, quruq); boshqa oʻsimliklarniki qattiq, qalin yoki yupqa boʻladi. Urugʻning kattaligi va ogʻirligi har xil; mas, orxideyalarda chang kattaligida, palmalarda juda yirik. Bitta mevada bittadan bir necha ming, hatto mln.gacha U. boʻlishi; bitta oʻsimlik (ayniqsa, begona oʻtlar) minglab urugʻ berishi mumkin. Har xil oʻsimliklar urugʻining unib chiqish muddati turlicha boʻlib, bu U.ning saklanish sharoitiga bogʻliq. Tarixiy rivojlanish jarayonida urugʻ oʻsimliklarning quruklik muxitiga moslanishi natijasida paydo boʻlgan. urugʻ oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. urugʻdan un, moy, kraxmal, boʻyovchi va dorivor moddalar olinadi. Koʻpchilik oʻsimliklar urugʻi yoki uni mol va parrandalarga yem sifatida beriladi. Gʻoʻza urugʻi (chigiti) tolalari (paxtasi) toʻqimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi; 2) odam va hayvonlarda urugʻ — urugʻ suyuqligi, yaʼni syaye/shedan iborat. Urug` o`simlikning jinsiy ko`payish natijasida hosil bo`lib nasl tarqatishda xizmat qiladi. Urug` asosan urug`lanish jarayonidan so`ng hosil bo`ladi. Lekin ayrim xollarda urug`lanish sodir bo`lmay ham urug` hosil bo`lishi mumkin (apomiksis). Urug`da oziq moddalar, nasl murtagi va ularni himoya qilish uchun o`rab turgan alohida qobig`i bo`ladi. Sporaga nam tegishi bilan o`simlik o`sib chiqadi. Lekin urug` ma`lum bir tinim davrni o`tmay turib ko`karib chiqmaydi. Urug` sporaga nisbatan ishonchli universaldir. Taraqqiyot natijasida endosperm ham rivojlanadi, lekin murtakning kattalashishi natijasida, oziq moddalar murtakning o`zida to`planib endosperm qisqaradi, hatto reduksiya uchrashi ham mumkin. Urug` onalik tugunidan urug` kurtakdan xosil bo`ladi. Urug` kurtakning qoplog`ich to`qmasi intugumentdan, urug`ning po`sti, bola qopchig`idan urug`ning endosperma to`qimasi, tuxum xujayradan urug`ning urug` embrioni xosil bo`ladi. Bir pallalilar sinfiga kiruvchi o`simiklarning urug` pallasi 1 ta, 2 pallali o`simliklar sinfiga kiruvchi o`simliklarning urug` palasi 2 ta bo`ladi. Bir pallali va ba`zi bir 2 pallali o`simliklar (sabzi, zig`ir, nasha, kanakunjutlarda) oziq moddalar urug`ining endospermasida to`planadi. 2 pallali o`sim-liklarning ko`pchiligida endosperma bo`lmaydi. Chunki ularda endosperma urug` pishguncha embrionning rivojlanishiga sarf bo`ladi. Bunday o`simliklarda zapas oziq moddalar urug`ning pallasiga to`planadi. M. chigit, loviya, oshqovoq, no`xat. Nutsellus oziq modda sifatida sarflanmay qolsa, u endosperm kabi vazifani bajaradi. Nutsellus urug`da saqlanib qolsa, uni perisperm deb ataladi. Masalan; Chinniguldoshlar (Caryophullaceae), Ituzumdoshlar (Sola-naceae) G`alladoshlarning urug`lari ba`zan qobiqsimon bargga o`ralib, yopishib ketgan bo`ladi. M. arpa, suli, sholi. Ba`zilarda yopishmagan bug`doy, jo`xori. Urug`lar odatda mayda bo`ladi. Ba`zi o`simliklarning urug`i katta bo`ladi. M. yong`oq, palma, xurmo. Yovvoyi xoldagi o`simliklarning urug`i madaniy o`simliklarning urug`iga nisbatan juda ko`p bo`ladi. M.1 tup shumg`iya (zarazixa) 200 ming dona urug` bo`ladi. Yovvoyi gultojxo`roz 500000 dona urug` beradi. Urug`ning unib chiqishi uchun suv, T 500, xavoning O2 bo`lishi shart. Suv ishtirokida urug`dagi oziq moddalar eriydi. Kraxmal shakarga aylanadi. Suvni shimib olgan urug` shishadi, bo`kadi, natijada po`stlog`i yorilib, embrion o`sib chiqadi. T0 esa urug` xujayrasidagi fermentlarni xarakatga keltiradi. Fermentlar ta`sirida oziqli moddalar eriydi. T0 3 ta darajaga bo`linadi. 1. Eng past daraja 2. O`rta daraja 3. YUqori daraja Xar xil o`simliklar xar-xil T0 ni talab etadi.M. Bedaning + 10 +300 +370 Bug`doyning + 30 + 250 + 300 G`o`zaning + 120 +320 + 40 0 Oshqovoqning + 10 +37 0 +44 0 . Xavoning O2 o`simliklarning unib chiqayotgan urug`ining nafas olishi uchun zarur. Unayotgan urug` kuchli nafas oladi. Nisbatan olganda odamning nafas olishi bilan teng. 1. Gulli o`simliklarning gullash jarayoni turlichadir. Кo`pchilik shamol bilan changlanuvchi o`simliklar novdasida dastlab gul hosil bo`lib keyinchalik barg paydo bo`ladi. (Bodom, tog`olcha, shaftoli, o`riq). Кo`pchilik bargini to`kadigan o`simliklarda (qayin, emanda) barg va gul hosil bo`lishi bir vaqtning o`zida ro`y beradi. Ayrim o`simliklar guli ertalab ochilsa, noqulay ob-havo sharoitida yopilib qoladi (kanop, shafran). Durman, tamaki gullari kunduzi yopiq bo`lsa, kechasi ochilib turadi. To`pgullarda gul ochilishi ham turlicha. Masalan: shingil, to`pgulda pastki gullar yuqoriga qarab ochilib borsa, murakkab boshoqda o`rtadan gulning uchiga va asosiga qarab ochiladi. Murakkab gullarda savatchaning chetidan o`rtasiga qarab ochiladi. G`o`zada dastlab pastki gullar ochilsa vegetatsiyaning oxirida poyaning uchidagi gullar ochiladi. O`simliklarning gullash davri ham turlichadir. Masalan: olma, nok, olxo`ri, pista kabi o`simliklar 6-12 kun gullaydi. G`o`za esa bir necha oy davomida gullaydi. Limon o`simligi qulay iqlim sharoitida muntazam gullab boradi. Gul hosil qilish o`simlikning turiga bog`liqdir. Masalan: qayin 10-12 yildan keyin shaftoli 3-5, jo`ka 20-25, eman 80-100 yoshida gul hosil qilish xususiyatiga ega. Gul hosil qiluvchi kurtaklar yozda hosil bo`lib, qishlab bahorda gul hosil qiladi. 2. Gul yetilganidan keyin changdonda yetilgan changning onalik tumshuqchasiga tushishi changlanish deb ataladi. Download 198.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling