xiyla – ma’lum darajada, birmuncha
qiyratmoq – bir tekis yo‘q qilmoq
tumshaymoq – biror narsadan xafa bo‘lib, qovoq solib o‘tirmoq
ayil – egarning usti bilan otning qornidan aylantirib bog‘lanadigan qayish
ayilday botdi – qattiq tegdi, og‘ir botdi, ranjitdi
Hikoya mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu hikoya qahramonlari kimlar ekan?
– Rasul qaysi darsni jini suymasdi?
– Sinf rahbari Rasulni kimga biriktirib qo‘ydi?
– Samad Rasulning uyiga nima uchun hovliqib kirib keldi?
– Samad qishlog‘ining xaritasida nimalarni tasvirladi?
– Bolalar nima ustida tortishib qolishdi?
Darslik bilan ishlash. “Rolli o‘qish” usuli. O‘quvchilar hikoya-
ni rollarga bo‘linib o‘qiydilar. Uch nafar o‘quvchi muallif, Samad,
Rasul kabi rollarga bo‘linadilar va ularning so‘zlarini o‘qiydilar.
O‘qiyotganlarida har bir qahramonning xarakterini ochib bera olishlari
lozimligi tushuntiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida test topshiriqlari bajariladi.
Test topshiriqlari:
Rasul qaysi fandan tuzukroq o‘qir ekan?
1.
A) o‘qish B) ona tili D) matematika E) rasm
Kim Rasulni Samadga biriktirib qo‘ygandi?
2.
A) sinf rahbari B) onasi D) direktor E) otasi
Samad nimani chizibdi?
3.
A) kitobni B) xaritani D) mashinani E) gulni
Bolalarga “qishlog‘imizning o‘zi bir vatan, kichik vatan” deb
4.
kim aytgan edi?
otasi B) akasi D) do‘sti
A)
E) muallim
Bolalarning tortishuvi natijasida kim arazlab ketdi?
5.
A) Rasul B) Samad D) muallim E) Rasulning akasi
“Soat bilan do‘stlashamiz” mashqi. O‘quvchilar kataklar-
da ko‘rsatilgan vaqt o‘rniga soatdagi harflarni joylashtirsalar
hikoya mazmuniga mos maqollarni topadilar.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoyada nima sizni ko‘proq hayajonga soldi?
1.
Nima deb o‘ylaysiz, hikoyaning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
2.
Darsda olgan qaysi bilimlaringizni hayotingizda qo‘llaysiz?
3.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |