23
9-d a r s
Mavzu: “Xarita” (
Normurod Norqobil). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Xarita” matnining mazmuni bilan tanish-
tirish, matn haqida ma’lumot berish, hikoyada vatanga bo‘lgan mu-
habbatning kichik qahramonlar chizgan shahar
va qishloqlar misolida
tushun tirish, ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ona Vatanni sevish,
asrashga, matndagi
asosiy va ikkinchi darajali xislatlarni ajrata olishga o‘rgatish.
TK 3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, xatolarini
tuzatishga harakat qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ongli va ifodali o‘qish,
matnni
qisqartirib hikoyalash, asar mazmuniga doir
savol va topshiriqlarga
javob berish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Zanjir” usuli, “Qismini top” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilardan bir nechtasi o‘tilgan “Xarita” hikoyasining 1-qis-
mini ifodali o‘qiydi va qolgan o‘quvchilar “Davom ettir” usulida hikoya
qilib beradi. So‘ngra mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
– Samad qishlog‘ining xaritasida nimalarni tasvirladi?
– Rasul va Samad nima ustida tortishib qolishdi?
– Hikoyadan siz nimani o‘zingizga oldingiz?
“Mozaika” o‘yini. O‘quvchilarga O‘zbekiston
hududlari kes-
ma holatda tarqatiladi. O‘zbekiston xaritasini hosil qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: