Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   264
Lug‘at ishi:
qo‘r – olov yonib bo‘lgach, ostida qolgan cho‘g‘ uyumi
o‘git – nasihat tayin – aniq uvol – isrof
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi va 
har bir guruh she’rning bir bandini yoddan aytib beradi.
She’r matni ustida savol-javob o‘tkaziladi.
– She’r nima haqida ekan?
– Qanday kishilarni mard deymiz?
O‘rganilganlar yuzasidan test sinovi o‘tkaziladi.
Test topshiriqlari:
1. O‘g‘il bolaga xos xislatlar yozilgan qatorni aniqlang?
A) mard, jasur, qo‘rqmas
B) ilmsiz, dangasa, chiroyli
D) qo‘rqmas, epchil, ishyoqmas
E) madaniyatli, bilimdon, ilmli.
2. She’r mavzusi nima haqida aytilgan?
A) vatan haqida
B) mard va ilmli bo‘lish haqida
D) o‘qish haqida
E) askar bola haqida 


26
3. Bilimli bo‘lish uchun nima qilish kerak?
A) yaxshi o‘qish kerak B) chiroyli kiyinish kerak
D) pahlavon bo‘lish kerak E) sport bilan shug‘ullanish kerak
4. Misralarni davom ettiring? Aqlni faqat ilm...
A) o‘g‘ilga mardlik kerak
B) yorug‘ aql Vatanni
D)  yorug‘ qilar, ukajon
E) bir gapim bor ukajon
5. She’rni muallifi kim?
A) Abdulla Oripov
B) Anvar Obidjon
D) Zafar Diyor
E) Miraziz A’zam
“Davomini top” o‘yini
Nomard do‘stdan …. dushman yaxshi. (mard)
Mard tuzar, nomard …. (buzar)
Mard maydonda, kuch …. sinaladi. (bilimda)
Ilmli mingni yiqar …. birni. (ilmsiz)
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Bilim haqida qanday she’rlar bilasiz?
2.Qanday insonlarni vatanparvar deb hisoblaysiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling