Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   264
“Mohir jurnalist” mashqi. O‘quvchilarga hikoyadan parchalar 
beriladi.
Bobojon, kichik Vatan ham bo‘ladimi?” – beixtiyor so‘ra-
dim. – Bo‘ladi, bolam, bo‘ladi. Odamning yashaydigan uyi, hovli-
joyi kichik vatani. Ana shu kichik Vatanlar yig‘ilib-yig‘ilib, birlashib 
O‘zbekiston degan ulug‘ Vatanga aylanadi…” 
– Bu parchalarni o‘qib, ko‘z o‘ngingizda nimalar namoyon bo‘ldi? 
Fikrlaringizni 3–4 ta gap bilan ifodalang.
“Bir haqiqat uch yolg‘on” o‘yini. Bu o‘yinda o‘quv chilarga 
maqollar beriladi. Maqollarni yon tomonlariga so‘zlar yozil-
gan tarqatmalar osilgan bo‘ladi. Ular berilgan so‘zlarni qaysi 
biri Vatan haqida ekanligini topishlari zarur.
Maqollar: Uzoqning donidan yaqinning somoni yaxshi. 
Ekin yerida ko‘karar, er–elida. 
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Yangi hovliga ko‘chayotgan bobo nima uchun g‘amgin bo‘lib qoldi?
2. Bobo “Kichik Vatan” haqida nimalarni gapirib berdi?
3. “Kichik Vatan” haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Boboning holati sizda ham bo‘lganmi?
5. Hikoyani o‘qib qanday xulosa chiqardingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Kichik Vatan” hikoyasini o‘qish.
13-d a r s 
Mavzu: “Gulg‘unchalarmiz”. (Muhiddin Omon)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmunini chuqur tahlil qilib
shoirning asl g‘oyasini tushunishga, she’rni ifodali o‘qishga va qofiya-
dosh so‘zlarni topishga o‘rgatish.


29
TK 4: she’rga doir kitoblarni muntazam o‘qish va o‘rganish.
FK 1: she’rdagi audio matnni tinglab tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda vatanning muqaddasligi, yagonaligi va 
unga bo‘lgan muhabbat, buyuk allomalarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘u-
sini tarbiyalash.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling