Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga “Tushovli toy” hikoyasi mazmunini tushun-
tirish, ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: hikoya mazmunini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mas’uliyatlilik, mehribonlik, mehnatse-
varlik, irodalilik fazilatlarini tarbiyalash, odob-axloqqa qaratilgan sifat-
larini ongli, ixtiyoriy bajarishga odatlantirish.
TK 3: hikoya kitoblarni muntazam o‘qib, o‘rganib borish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni og‘zaki hikoya qilish, mustaqil 
fikrlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, “Begona so‘z” mashqi.
Dars jihozlari: ko‘rgazmali va tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa: “Ola buzoq” sherini yoddan so‘rash.
O‘tilgan mavzu savol va topshiriqlar orqali mustahkamlanadi.
1. Ola buzoqning ko‘rinishi nimalarga o‘xshatilgan.
2. She’r asosida ola buzoqni tasvirlab bering.
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun sizlar bilan Nosir Fozilovning: “Tushovli toy” hikoyasi 
bilan tanishamiz.
Nosir Fozilov haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Hikoya mazmuniga mos animatsiya namoyish qilinadi va kadr 


157
ortidan matn o‘qiladi. Matn mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ket-
ma-ket matnni o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Saman toy tunda nima uchun kishnadi?
1. 
Ko‘kqashqa unga qanday yordam berdi?
2. 
Bolajonlar, qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz?
Lug‘at ishi:
tushovlangan – oyoqlari bog‘lagan, erkin harakatlana olmaydigan

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling