Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoyada nima sizni ko‘proq hayajonga soldi?
1. 
Nima deb o‘ylaysiz, hikoyaning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
2. 
Darsda olgan qaysi bilimlaringizni hayotingizda qo‘llaysiz?
3. 
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Xatarli uchrashuv” hikoyasini o‘qish.
106-d a r s
Mavzu: “Ola buzoq” (G‘afur G‘ulom).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, ifodali 
o‘qishga, o‘rgatish.
TK 3: she’r o‘qib-o‘rganib borish va bilimini oshirish. 
FK 1: she’rni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatga, hayvonlarga g‘amxo‘rlik tuy-
g‘u sini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchilarning she’r yuzasidan o‘z fikr-mulo-


155
hazalarini og‘zaki tarzda izchil ifodalash qobiliyatini rivojlantirish, so‘z 
boyligini oshirish. 
FK 2: she’r mazmunidan ta’sirlana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tarmoqlash, “So‘z o‘yini”, “Kim chaq-
qon?” o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Xatarli uchrashuv” hikoyasini o‘qiydilar. Mustahkam-
lash maqsadida mazmunini so‘zlab beradilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Ola buzoq” she’ri bilan tanishamiz. 
G‘afur G‘ulom haqida qisqacha ma’lumot beriladi. 
She’r mazmuniga mos lavha namoyish etilib, kadr ortidan 
matn o‘qiladi. She’r mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-
ket she’rni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. 
Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling