Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar hikoyani “Zanjir” usulida 
o‘qiydilar.
“Mosini top” mashqi. Bu mashqda o‘quvchilar tartibsiz be-
rilgan asar qahramonlari va tabiat manzaralarini ularni ifoda-
lash uchun zarur bo‘lgan so‘zlar bilan moslashtirishlari lozim 
bo‘ladi. 
Masalan: kichkina qishloq, kulrang jonivor, g‘amgin chordevorlar... 
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Test topshiriqlari:
Bola yashaydigan qishloq shahardan necha chaqirim narida edi?
1. 
A) yigirma B) yigirma besh D) o‘n besh E) o‘n
Yo‘lning chap tomonida bola nimalarni ko‘rib qoldi?
2. 
A) tulkilarni B) qo‘ylarni D) itlarni E) bo‘rilarni
Bola bo‘rilarni ko‘rganda qanday holatga tushdi?
3. 


154
A) xursand bo‘ldi B) hafa bo‘ldi D) qo‘rqib ketdi E) pinagini buzmadi
Bola bo‘rilar bilan uchrashganini kimga aytib berdi? 
4. 
otasiga
A) 
B) akasiga D) do‘stiga E) ukasiga
Hikoya qahramonining qaysi xislati uni bo‘rilardan saqlab qoldi?
5. 
A) aqlli va irodaliligi B) chaqqon va mehnatsevarligi
D) sezgir va ziyrakligi E) quvnoq va xushchaqchaqligi
Test javoblari o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi, xatolar izohla-
nadi.
“Raqamlar so‘zlaganda” o‘yini.
– Aziz o‘quvchilar, biz siz bilan “Raqamlar so‘zlaganda” 
o‘yinini o‘ynaymiz. 
Bu o‘yinning sharti quyidagicha: men navbat bilan raqamlar-
ni ko‘rsataman, siz esa hikoyadan shu raqam qatnashgan gapni topib 
o‘qiysiz. Faol qatnashgan o‘quvchilar g‘olib bo‘ladilar. 
1. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan yigirma besh 
chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik.
2. Yog‘ib turgan qor pardasi ortidan uch-to‘rt g‘amgin chordevorlar 
ko‘rindi.
3. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham bor.
4. Durustroq qarasam, mendan yuz qadamcha narida ikkita kulrang 
jonivor turibdi.
5. Xuddi o‘n kun yo‘l yurganday charchab, qorga o‘tirib qol dim. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling