Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


FK 1: hikoyaning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish. Tarbiyaviy


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

FK 1: hikoyaning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mardlik, jasurlik, dovyuraklik hislatlarini 
tarbiyalash.
TK 4: hikoyada go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish. 
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini mustaqil va 
ijodiy qobiliyatlarini, lug‘at ustida ishlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga ja-
vob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Bilag‘on” ta’limiy 
o‘yini.


162
Dars jihozlari:  tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmu-
ni o‘quvchilarga qayta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
– Bobo nevarasiga nimani so‘zlab berdi?
– Dovyurak insonlar yana qanday ishga qo‘l ura oladi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, siz botirlik, uning biz uchun qanchalik kerakligi haqi-
da nimalar bilasiz?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
Bugun biz sizlar bilan “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining 
2-qismi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan dovyuraklik, uning hayotimizda qanchalik o‘rin 
tutishi, qo‘rqoqlikning oqibatlari haqida suhbatlashiladi, ularning fikr-
lari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining II qismini ifo-
dali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beri-
ladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling