Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


TK 4: matndan milliy qadriyatlarimizni anglash. Rivojlantiruvchi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

TK 4: matndan milliy qadriyatlarimizni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar mazmuniga doir savol 
va topshiriqlar bilan ishlash, matndagi so‘z va so‘z birikmalarining 
ma’nolarini izohlay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: maktab kutubxonasidan foydalana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. 
Dars metodlari: tushuntirish, “Bilimdon”, “Yosh ijodkor” o‘yin lari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarning bir nechtasi “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasini 
ifodali o‘qib beradilar. So‘ngra o‘tilgan mavzu asosida test topshirig‘i 
o‘tkaziladi.


178
Test topshiriqlari:
1. 21-mart qanday kun?
A) tun va kun tenglashgan kun
B) yangilanish, yosharish bayrami
D) bahorning boshlanishi
E) yil o‘rtasi
2. “Navro‘z” so‘zining ma’nosi nima?
A) yangi yil B) yangi kun D) yangi tun E) yangi oy
3. Navro‘zda qanday ishlar boshlanadi?
A) obodonlashtirish B) yerdan qorlarni tozalash
D) gullar terish E) mehmondorchilikka borishadi
4. Navro‘zda qariyalarga nima tayyorlanadi?
A) bayram sovg‘asi B) kiyim tiktirishadi
D) sarpo tayyorlashadi E) gullar keltirishadi 
5. “Eson-omonlik, hech ko‘rmaylik yomonlik, yanagi oylar-yil-
larga o‘ynab-kulib yetaylik” degan tilakni qachon bildirishadi?
A) xushbo‘y narsa keltirilganda B) yalpiz, binafsha keltiril-
ganda
D) mevalar keltirilganda E) kiyimlar keltirilganda
III. Yangi mavzu bayoni.
“Boshqotirma bilag‘oni” mashqi.
O‘rik navi. 2. Navro‘z taomlaridan biri. 3.“Navro‘z – bahor bay-
1. 
rami” matnining muallifi kim? 4. Navro‘z kuni tug‘ilgan o‘g‘il bola-
larga qo‘yiladigan ism. 5. … boshim, tuzsiz oshim. 6. Navro‘z kuni 
tug‘ilgan qiz bolalarga qo‘yiladigan ism. Javob: Navro‘z.
Yangi mavzu kelib chiqadi va e’lon qilinadi.
– Bugungi darsda siz bilan “Bayram urf-odatlari” matni bilan tani-
shamiz.
Matn mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib, ifodali o‘qib be-
riladi. 
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.
1. Siz Navro‘z bayramida qanday niyatlar qilasiz?
2. Oilangizda bayram urf-odatlaridan qaysi birlariga amal qilinadi?

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling