186
TK 3: tevarak atrofga oqilona munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish,
lug‘at ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlan-
tirish.
TK 2: mavjud axborot manbalaridan (kitob, kompyuter)
foydalana
olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari:
savol-javob, “She’rni to‘ldir”,
“Topqirlar” o‘yini.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
I.
Salomlashish. O‘quvchilarni
darsga hozir-
lash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga topshiriq qilib berilgan “Danak ichidagi daraxt” hikoyasi
“Davom ettir” usulida hikoya qildiriladi. Savol-javob o‘rkaziladi.
1. Ra’noning hovlisida qaysi daraxt asaldan ham totli ekan?
2. Ra’no o‘rik pishganda nima qilar ekan?
3. Ra’no oyisi bilan birgalashib turshak
solayotganda turshak ora-
sidan nima yerga tushibdi?
4. U nimani o‘ynabdi?
5. Ra’no danakning ichidagi daraxt bilan nima haqida gaplashdi?
6. Danak ichidagi daraxt qanday qilib ko‘karib chiqdi?
“Topqirlar” o‘yini.
● Yerga tushsa loy qilar,
Dehqonlarni boy qilar.
(Yomg‘ir)
●
Katta chelak teshildi,
Undan ko‘p suv to‘kildi.
(Yomg‘ir)
● Beqasamdan yo‘li bor,
Osmon-falakda chiqar.
(Kamalak)
● Qishda oq gul,
Bahorda suv sochadi.
Yel esganda,
Tumtaraqay qochadi.
(Bulut)
●
Kelib ketar bir yilda,
To‘rt og‘ayni har xilda.
(To‘rt fasl)
● Bola kelar,
bola kelar,
Ilk mehr ola kelar,
Silab-siylab
daraxtlarga,
Guldan marjon taqa kelar.
(Bahor)
Do'stlaringiz bilan baham: