Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


D) kelajak avlod uchun E) o‘zi uchun “Mozaika” mashqi o‘tkaziladi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

D) kelajak avlod uchun E) o‘zi uchun
“Mozaika” mashqi o‘tkaziladi. O‘quvchilar kichik guruhlar-
ga bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga kabutar tasvirlangan 
rasmni “Mozaika” usuli yordamida yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi.
Bugun biz Shukur Sa’dullaning “Tinchlik qushi haqida men 
o‘qigan she’r” bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan tinchlik, uning ramzi bo‘lgan kabutar haqida suh-
batlashib, fikrlari tinglanadi. 
– Bizning tinchligimizning ramzi nimada?
Tinchligimizning bardavomligiga biz qanday hissa qo‘sha 
olamiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.


189
O‘qituvchi “Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” she’rini ifo-
dali o‘qib beradi. She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yu-
zasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
ohista – sekin
yarqiraydi – yaltiraydi
 charx uradi – aylanib uchadi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida 
“Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r” she’ri o‘quvchilarga navbati 
bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Shoir she’rda tinchlik ramzi bo‘lgan oq kaptarni nimaga o‘xsha tadi?
– 
“Qotil”, “battol”, “jallod”, “odamxo‘r” so‘zlarining ma’nosini 
– 
izoh lang.
“Kabutarlar” o‘yini. Ekranda ketma-ket savollar ko‘rsa tiladi. 
To‘g‘ri javob ko‘rsatilgan tugma bosilsa, kabutar uchib chiqadi. 
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob 
o‘tkazilib, dars yakunlanadi. O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolli-
giga ko‘ra baholanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling