Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

III. Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Shoira” hikoyasi bilan tanishamiz. Muallif haqida 
ma’lumot beriladi.
Matnni o‘qituvchi o‘qiydi. Hikoya mazmuni tushuntiri ladi. O‘quv-
chilar hikoyani navbat bilan o‘qiydi, qolgan o‘quvchilar kuzatib bora-
dilar.
Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
tortig‘liq tuhfa qildi, sovg‘a qildi
dong qotib turdi – hayratlandi
dami ichiga tushdi – nafas ololmay qoldi
g‘ujg‘on – to‘planib
ko‘pda alahsitmasdi – ko‘pda aralashmaslik, qo‘shilmaslik
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “
Har kim har kimga o‘rgatadi metodi.
O‘quvchilarga “Shoira” hikoyasi qismlarga bo‘lib beriladi. 
O‘quv chilar matn qismlarini o‘qib, hikoya mazmuni bir-biri-
ga o‘rga tadilar. So‘ngra Shoiraning qilgan ishlari haqida savol-javob 
o‘tkaziladi.
1. Shoira nima uchun o‘rtog‘inikiga borib, uy ishlariga yordam 
berishi ni oyisidan yashirdi?


191
2. Shoiraning qaysi fazilati sizga yoqdi?
3. Shoira qanday qiz?
Reja asosida o‘quvchilarga qayta hikoya qildiriladi.
– Berilgan gaplarni hikoyadagi voqealar ketma-ketligida joy -
lashtirib reja tuzing va matnni qayta hikoya qiling. 
Ekranda gaplar aralash holda beriladi. Gaplar to‘g‘ri joy-
lashtirilsa, quyidagi ketma-ketlik hosil bo‘lishi kerak.
Reja:
Shoiraning dars xonasi.
1. 
Onasining xavotirlanishi.
2. 
Shoiraning dugonasiga qilgan yordami.
3. 
Test topshiriqlari:
1.Shoiraning dars xonasida qanday qog‘ozlar ilib qo‘yilgan?
A) dars jadvali B) maqtov yorlig‘i
D) chizgan rasmlari E) kun tartibi
2. Habiba opa qayerda ishlaydi?
A) fabrikada B) maktabda D) do‘konda E) zavodda
3. Shoira qayerga bordi?
A) maktabga B) kutubxonaga D) dugonasinikiga E) buvisinikiga
4. Shoiraning dugonasi kim?
A) Qutbi B) Habiba D) Zebo E) Nodira
5. Shoira qanday qiz?
A) dono B) mehnatkash D) ziyrak E) dangasa

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling