Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. 
– Kim hikoyani ifodali o‘qib bera oladi? 
O‘quvchilar hikoyani birin-ketin o‘qiydilar. Mavzu asosida savol-
javob o‘tkaziladi.
1. Ra’nolarning hovlisi nimaga o‘xshar edi?
2. Ra’no danakning ichidagi daraxt bilan nima haqida gaplashdi?
3. Danak nima qildi?
O‘quvchilar javoblari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.


185
“Gapning egasini top” mashqi. Bir o‘quvchi hikoyadan biror 
qahramonning gapini o‘qib beradi. Ikkinchi o‘quvchi esa bu 
gap kimga tegishli ekanini topishlari lozim bo‘ladi.
Masalan:
– Iya bu nima! (Ra’no)
– Bu men! (Daraxt)
– Iya, daraxt ham danakning ichida bo‘ladimi? (Ra’no)
Test topshiriqlari:
1. “Danak ichidagi daraxt” hikoyasining muallifi kim?
A) N.Fozilov B) Abdurahmon Akbar
D) G‘. G‘ulom
E) Aziz Abdurazzoq
2. “Ra’nolarning uyida asaldan ham totliroq mevasi bor” 
daraxtning nomi nima?
A) o‘rik B) gilos D) olcha E) olma
3. O‘rikni quritib nima qilishar edi?
A) turshak qilishardi B) turshak qilib xaltalarga yig‘ishar edi
D) savatga solib yig‘ishardi E) murabbo tayyorlashardi.
4. Danakning ichidan qanday ovoz keldi?
A) bu men-daraxtman B) qanaqa daraxt ekansan?
D) daraxt danakning ichida bo‘ladimi? E) daraxt, qayoqqa 
qochding?
5. Danak nima qildi?
A) qochib ketdi B) gapirdi D) yo‘qoldi E) yerga tushdi
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
2. Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Danak ichidagi daraxt” hikoyasini o‘qish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling