Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

TK 2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli 
munosabat bildirish.
FK 1: ertakni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga ezgulik, mehribonlik kabi go‘zal insoniy 
fazilatlarni singdirish.
TK 3: tevarak atrofga oqilona munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: tabiat hodisalariga mustaqil ravishda munosabat 
bildirish. Axborot manbalaridan foydalanish.


184
FK 1: hikoyaga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: bahs-munozara, tushuntirish, “Gapning egasini 
top” mashqi.
Dars jihozlari: rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Bir necha o‘quvchidan “So‘zlovchi yomg‘ir” she’ri so‘raladi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar she’r 
mazmuniga asosida savol-javob o‘tkazadilar.
1. She’rga nima uchun “So‘zlovchi yomg‘ir “ deb nom qo‘yilgan?
2. Yomg‘irga onasining bergan maslahatlarini aytib bering.
III. Yangi mavzu bayoni.
“Rebus”. O‘quvchilar rebusni ye-
cha dilar va yangi mavzuni topadilar. 
Bugun biz “Danak ichi dagi daraxt”
hikoyasi bilan tanishamiz. “Danak ichi -
dagi daraxt” hikoyasining muallifi ha-
qi da qisqacha ma’lumot o‘qituvchi to-
moni dan beriladi.
– Hikoyani o‘qiyotganingizda tushunarsiz so‘z va iboralarni belgi-
lab qo‘ying.
Hikoyada uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tka ziladi.
O‘quvchilar hikoyani ovoz chiqarmay o‘qiydilar.
Lug‘at ishi:
kafti – qo‘lning bilak uchidan barmoqlarning oxirigacha bo‘lgan qismi
sirg‘alib– sirpanib, surilib, aylanib ketmoq
Hikoya mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu hikoya nima haqida ekan?
– Yozuvchi hikoyada Ra’noning daraxt bilan suhbatini ifodalash 
uchun qanday so‘zlarni qo‘llagan? Misollar keltiring.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling