182
Turna kelmay, muz ketmas.
Qor yog‘di – don yog‘di,
Yomg‘ir yog‘di – osh yog‘di.
Qora bulutdan tiniq suv tomar.
Yomg‘ir – ekinning joni.
Tog‘ havosi – dard davosi.
O‘qituvchi “So‘zlovchi yom g‘ir”
she’rining muallifi Abdurahmon Akbar haqida qisqacha ma’lumot be-
radi.
She’r mazmuniga mos videolavha namoyish etila di. O‘qituvchi
o‘quvchilarga she’rni ifodali o‘qib beradi.
O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etiladi.
– Bu she’r nima haqida ekan?
– Uni eshitganingizda ko‘z oldingizga nimalar keldi?
O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar.
– She’rdagi tushunarsiz so‘z va iboralarni belgilang.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
suruv – qo‘y-echki
podasi
zamin – yer,
tuproq
g‘ubor – gard, chang, to‘zon
O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirok etgan satrlarni she’rdan
topib
o‘qiydilar.
She’rning mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi:
– She’r nimaning nomidan aytilgan?
– Yomg‘irning qarindoshlari nimalar ekan?
–
Shoirning yozishicha, yomg‘ir asli qayerlik? Nima uchun?
– Onasi yomg‘irga qanday maslahat berdi?
– Siz ham onangizning maslahatlariga quloq tutasizmi?
Onalarni hurmat qilish, ularning maslahatiga doim amal qilish, ga-
pini ikki qilmaslik kabi xislatlar insonni doim to‘g‘ri yo‘lga
boshlashi
haqida tushuncha beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: