Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“Kim tez topadi?” o‘yini.
O‘quvchilar birinchi harfi va harflar soniga qarab qovun tur-
larini topishlari lozim bo‘ladi. Tez va to‘g‘ri topgan o‘quvchi 
g‘olib bo‘ladi.
(asati, umrboqi, doniyor, ko‘kalapish, bo‘rikalla, obinovvot)
Darslik bilan ishlash.
“Egasini top” mashqi. Bu mashqni qatorlararo yoki guruhlar-
aro o‘tkazish mumkin. Bir o‘quvchi hikoyadan biror qahramon-
ning gapini o‘qib beradi. Ikkinchi o‘quvchi esa bu gap kimga tegishli 
ekanini topishi lozim.


37
Masalan:
– Qovun sayliga keldik. Qani, mehmon qilinglar! (Rais)
– O‘zingiz tanlang, rais bobo! (Bola)
– Meniki shirin. (Ali polvon)
– Tushingizni suvga ayting. (Rais)
– Katta bo‘lay. Sizning o‘rningizni olaman! (Bola)
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoyadan nima ko‘proq sizning yodingizda qoldi?
1. 
Nima deb o‘ylaysiz, hikoyaning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
2. 
Darsda olgan qaysi bilimlaringizni hayotingizda qo‘llaysiz?
3. 
Kuzda o‘tkaziladigan qaysi bayramlarni bilasiz?
4. 
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Qovun sayli” hikoyasining 2-qismini 
hikoyalashga tayyorlanib kelish.
19-d a r s 
Mavzu: “Dehqon” (Sulaymon Rahmon).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga dehqonchilik, mehnatsevarlik fazilati haqi-
da ma’lumot berish, “Dehqon” she’ri bilan tanishtirish. To‘g‘ri va ifo-
dali o‘qish malakalarini shakllantirish.
FK 1: she’r matnlarini tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda insonlarga nisbatan mehr-oqibat, turli 
kasb egalariga hurmat, dehqon mehnatini qadrlash, mehnatsevarlik his-
larini tarbiyalash. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling