Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

17-d a r s
Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa‘dulla). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga “Qovun sayli” hikoyasi haqida ma’lumot 
berish. O‘quvchilarni ifodali o‘qish, mazmunini so‘zlab berish malaka-
si ni takomillashtirish.
FK 1: 
hikoya mazmuni va fikrini og‘zaki bayon qila olish. 
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga, 
o‘rgatish, tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish. 
TK 4: hikoyada aks etgan milliy qadriyatlarni ang lash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqni, mantiqiy 
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, muammoli izlanish, “Shivirlab 
o‘qish”, “Pinbord” usullari, “Qovunlar nomini toping” o‘yini. 
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. 
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’rini yoddan aytib beradi.
O‘quvchilarga savol va topshiriqlar beriladi.
– Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? 
– She’rdagi qofiyadosh so‘zlarni aytib bering.
Test topshiriqlari:
1. G‘ir-g‘ir shamol nima qiladi?
A) yeladi B) uchadi D) qo‘nadi E) sakraydi
2. O‘g‘il-qizlar qayerga boradi?
A) dalaga B) maktabga D) kutubxonaga E) bog‘ga
3. Taftidan
so‘ziga qofiyadosh so‘zni toping.
A ) daraxtlar B) kuz D) palladan E) aftidan
4. Kuzda nimalar to‘kiladi?
A) barglar B) gullar D) patlar E) mevalar
5. Aftidan so‘zining ma’nodoshini toping?
A) oy B) vaqt D) qiyofa E) yuz

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling