Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Sizda nima kuchli taassurot qoldirdi?
2. Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
3. Qaysi topshiriqlar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?
4. Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo‘-
ladimi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Gulg‘unchalarmiz” she’rini yodlash.
16-d a r s
Mavzu: “Kuz”. (Shukur Sa’dulla).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga kuz fasli haqida ma’lumot berish, “Kuz” 
she’ri bilan tanishtirish, o‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish 
ko‘nikmalarini shakllantirish.
TK 2: kerakli axborotlarni kutubxonadagi adabiyotlardan qidirib topish.
FK 1: she’rga mos ixcham audio matnni tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarning tabiatga muhabbat, tabiat in’omlariga 
shukronalik hislarini tarbiyalash. 
TK 5: she’rda bo‘layotgan hodisa jarayonlariga daxldorlikni his 
etish. 
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, she’rni ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari:
savol-javob, “Qofiyadoshini top”, “Zanjir” 
o‘yinlari.
Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:


32
I. Tashkiliy qism. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“O‘zbekiston – Vatanim manim” bo‘limi yuzasidan savol-javob 
o‘tkaziladi.
– “Bulbul chamanni sevar, odam – Vatanni” maqol mazmunan 
bo‘limdagi qaysi she’rlarga mos keladi?
– Vatanni sevgan o‘quvchi qanday yaxshi ishlarni bajarishi kerak?
O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling