Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


TK 5: she’rda aks etgan vatanparvarlik g‘oyalarini anglash. Rivojlantiruvchi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

TK 5: she’rda aks etgan vatanparvarlik g‘oyalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchilarning og‘zaki nutqini va mantiqiy fikr-
lash qobiliyatini rivojlantirish, test yechish malakalarini shakllantirish, 
lug‘at boyligini oshirish. 
FK 2: o‘qilgan she’r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Tarmoqlash”, “Zanjir” usuli, 
“So‘zlar o‘yini”, “Qofiyadosh so‘zni top” mashqlari.
Dars jihozlari: baxtli bolalik tasvirlangan rasmlar, multimedia ilova-
lar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Ashurali Jo‘rayevning “Kichik Vatan” hikoyasini “Zan-
jir” usulida o‘qib, mazmunini so‘zlab beradilar. 
Test topshiriqlari:
“Kichik Vatan” hikoyasi qahramoni boshqa qishloqqa ko‘ch-
1. 
ganida nechanchi sinfda o‘qirdi?
A) birinchi B) ikkinchi D) uchinchi E) to‘rtinchi
Ko‘chishlaridan bir kun oldin kimlar mollarni haydab yangi 
2. 
uylariga ketishdi?
A) Akasi va do‘sti B) akasi va otasi
D) otasi va bobosi E) ukasi va akasi
Hikoyada boboning ismi nima edi?
3. 
A) Erdon B) Jo‘ra D) Rasul E) Murod
Ularning uylarini kim sotib oldi?
4. 
A) Komil aka B) Shoyim tog‘a D) Samad aka  E) Erdon aka
Odamning yashaydigan …, … kichik Vatani. 
5. 
Gapdagi tushirib 
qoldirilgan so‘zlarni aniqlang. 
A) hovlisi, maktabi B) uyi, bog‘chasi
D) uyi, hovli-joyi E) mahallasi, do‘koni
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Gulg‘unchalarmiz” (Muhiddin Omon).
O‘qituvchi “Gulg‘uncha” so‘ziga izoh beradi. “Gulg‘uncha” so‘zi 
gulning g‘unchasi, ochilmagan gul kabi ma’nolarni anglatishi tushunti-
riladi.


30
She’rning muallifi Muhiddin Omon haqida qisqacha ma’lumot 
o‘qituvchi tomonidan beriladi.
She’r matni mazmuniga mos videolavha namoyish qilinadi va 
kadr ortidan matn o‘qiladi.
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:
– Nima deb o‘ylaysiz, bu she’rni yozayotganda shoir qanday kayfi-
yatda bo‘lgan?
– Sizningcha bu she’rning yaratilishiga nima sabab bo‘lgan?
– She’rning asosiy g‘oyasi nimadan iborat deb o‘ylaysiz?
O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar.
– She’rdagi tushunarsiz so‘z va iboralarni belgilang.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling