Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

“Mozaika” mashqi.
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir kichik gu-
ruhlarga kuz fasli tasvirlangan rasmli konvertlar tarqatiladi. 
O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Shukur Sa’dullaning “Kuz” she’ri bilan 
tani shamiz.
O‘quvchilar bilan kuz fasli, tabiat hodisalari haqida suhbat o ‘tkaziladi. 
– Kuz faslida qanday mevalar pishadi?
– Kuzda ob-havoda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Kuz” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan 
“Kuz” she’ri matni o‘qiladi. She’r mazmuni tushuntiriladi. No-
tanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
aftidan yuzidan
zamin solinar – tayyorlanar
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida 
“Kuz” she’ri o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi. O‘quvchilar dars-
likdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
“Quyosh tushar taftidan”, “Qishga zamin solinar” misralarining
– 
ma’no sini izohlang.

Qofiyadoshini top” o‘yiniO‘quvchilar “Kuz” she’ridagi qofi-
yadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z top-
gan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
“Zanjir” o‘yini. O‘quvchilar kuz faslida bo‘ladigan o‘zga-
rishlarni ketma-ket aytishadi. Shu tarzda o‘yin davom etadi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Kuz” she’rini ifodali o‘qish va yodlash. 


33

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling