Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


o’rtacha mahsulot va qo’shilgan mahsulot


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

o’rtacha mahsulot va qo’shilgan mahsulot. 
Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xom ashyo va 
materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutloq hajmidir. 
O‘rtacha mahsulot (O‘M) esa jalb qilingan ishchi kuchi (V) yoki kapitalning 
(K) bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori. Bu esa umumiy mahsulot (M)
hajmini umumiy resurs (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan 
aniqlanadi. O‘M=M/V. (yoki O‘M=M/K) 
Qo‘shilgan mahsulot eng keyingi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki 
kapital hisobiga olingan mahsulot miqdorini anglatib qo‘shilgan omil, 
(qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi) unumdorligini ko‘rsatadi. 


41 
Yuqorida qayd qilingandek alohida olingan resurs evaziga qo‘shilgan 
mahsulot ma‘lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Marjinalistlar 
qo‘shilgan resurs unumdorligining pasayib borishini hisobga olib, marjinalistlar 
unumdorlikning kamayib borish qonunini ochib berishgan. 
Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki resurs oldingisiga 
qaraganda kamroq samara beradi va oqibatda uning hisobiga olingan o‘rtacha 
mahsulot ham pasayib boradi.
4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari 
Ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga 
qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni anglatadi. Boshqacha aytganda, samara-
dorlik ―natija‖ va ―xarajat‖ nisbatini aks ettiradi ya‘ni, ―natija‖/ ―xarajat‖ . 
Butun milliy xo‘jalik darajasida uning natijalarining iqtisodiy resurs sarf 
xarajatlariga nisbati milliy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy 
ko‘rsatkichidir. Samaradorlikning mavjud darajasida jamiyat a‘zolari biror
qismining iqtisodiy ahvolini yomonlashtirmasdan boshqasining ehtiyojlari 
qondirilish darajasini oshirish mumkin emas. Bunday holat Pareto – samarasi deb 
nomlanadi. (Italiyan iqtisodchisi V. Pareto nomi bilan). 
Foyda miqdori va uning normasi ishlab chiqarish samaradorligining
asosiy mutloq va nisbiy ko‘rsatkichidir. Foyda normasi (
1

) olingan foyda
massasining (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (W) nisbati bilan 
aniqlanadi, ya‘ni: 
%.
100
1




W
Bu erda: R
1
– foyda normasi,W– ishlab chiqarish xarajatlari. 
Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lganligi sababli, 
qayd qilingan birgina asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘liq ravishda har tomonlama 
ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun iqtisodiy reserslardan samarali foydalanish 
darajasini tavsiflovchi unimdorlik ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. 


42 
Mehnat unumdorligi ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot 
yaratish qobiliyati yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning sarflangan mehnat 
miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. MU=M/V.
Bu erda, MU mehnat unumdorligini, M mahsulotning hajmi, V sarflangan ish 
vaqti. 
Mehnat unumdorligi sarflangan mehnatning har birligi hisobiga ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdorini bildiradi. 
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham 
foydalaniladi va u ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning birligi evaziga 
olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdorini ko‘rsatadi KU=M/K; 
KU=YAD/K ; 
KU=F/K; bu erda KU – kapital unumdorligini, K – ishlab 
chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini, M – mahsulot, YAD – yalpi daromad, F 
– foyda. 
Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli undan 
foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi olingan mahsulot hajmining yer maydoniga 
(gektarga) nisbati yoki ekinlar hosildorligi bilan aniqlanadi. 
Samaradorlikni aniqlashda mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, 
energiya sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan mehnat, energiya va moddiy 
ashyolar miqdorini ifodalaydi. 
Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar 
samaradorligini ifodalab, bir-birini to‘ldiradi. 
Ishlab chiqarish samaradorligi har qanday darajada uning natijalari miqdoriga 
to‘g‘ri, iqtisodiy resurs sarf-xarajatlari hajmiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi. 
Ishlab chiqarish natijalari miqdori o‘zgarmay qolganda xarajatlarning kamayishi 
uning samaradorligi oshishini bildiradi va aksincha.
Shu sababli samaradorlikni oshirishga boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko‘paytirish va unga sarflanadigan 
harajatlarni kamaytirish, ya‘ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali 
erishiladi. 2017-2021 yillar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 


43 
―Harakatlar strategiyasi‖ da ham .. ―...iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini 
qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy 
etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish‖ga ishlab chiqarish 
samaradorligini o‘stirishning muhim omili sifatida qaraladi.
6
Ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishning shunday omillari ham mavjudki, ular bir vaqtda ham 
natijaviy ko‘rsatkichlar miqdoran ortishiga va ham iqtisodiy resurs xarajatlari 
kamayishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Bunday omillarga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda 
ishlab chiqarishni uzluksiz modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni kiritish 
mumkin. Modernizatsiya inglizcha ―modern‖so‘zidan olingan bo‘lib ―yangi‖, 
―zamonaviy‖ kabi ma‘nolarni anglatadi.
Ishlab 
chiqarishga 
qiyosan 
modernizatsiyalash 
mahsulotlarning 
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularni ―yangilash‖, mashina, uskuna va 
texnologik 
jarayonlarni 
―zamonaviylashtirish‖ni 
bildiradi. 
Iqtisodiy 
modernizatsiyalash mehnat, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish darajasiga 
ijobiy ta‘sir ko‘rsatish orqali ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga ham olib 
keladi.
Diversifikatsiyalash (lotincha ―diversys‖ – har xil, ―facese‖ qilmoq, 
bajarmoq) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, maqsadida korxonalar faoliyat 
sohalarini kengaytirish, chiqariladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga 
qaratilgan jarayondir.
Diversifikatsiyalash vertikal, gorizontal va konglomerat bo‘lishi mumkin.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling