Iqtisodiy tizim – bu zamon va makonda amal qilinadigan iqtisodiy
munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik yuritish
mehanizmi va iqtisodiy muassasalarning o’zaro uzviy bog’liqlik asosida
tarkib topgan yaxlit tuzilmasidir.
Iqtisodiy tizimlarning tarkibiy qismlari bu: iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik
yuritish shakllari, texnologiya va ishlab chiqarishning tabiiy shart-sharoitlari,
xo‘jalik yuritish mexanizlari, iqtisodiy muassasalardir.
Iqtisodiy munosabatlar bizga oldindan ma‘lum bo‘lganidek kishilar uchun
zarur bo‘lgan hayotiy ne‘matlarni va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy aloqa va munosabatlarni ifodalaydi
Iqtisodiy munosabatlarning ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Tashkiliy iqtisodiy munosabatlar – ishlab chiqarish jarayonini tashkil
qilish orqali vujudga keladi. U ijtimoiy – iqtisodiy shaklidan qat‘iy nazar ishlab
chiqarishning holatini ifodalaydi. Bunga mehnat taqsimoti, uning ixtisoslashishi va
kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishi natijasida
vujudga keladigan munosabatlarni kiritish mumkin.
2. Ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlar – hayotiy ne‘mat va vositalarni ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste‘mol qilish jarayonida vujudga keladi.
Xo‘jalik yuritish shakllari iqtisodiy faoliyatni har xil darajada turlicha tashkil
qilinishidir.
Texnologiya bu ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning o‘ziga xos
usullaridir.
Iqtisodiy mexanizm - bu iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi va bir-birini
taqozo etuvchi vositalar bo‘lib, unga iqtisodiy stimullar, iqtisodiy faoliyatni
tashkil etish, hamda tartibga solish usullari kiradi.
Iqtisodiy munosabatlar bir vaqtda ijtimoiy – iqtisodiy tizim bazisi ham
hisoblanadi. Uning ustida mazkur iqtisodiy tizimga xos bo‘lgan alohida siyosiy,
huquqiy, mafkuraviy, milliy, axloqiy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar
hamda tartibotlarning alohida turlari vujudga keladi. Ularning barchasi jamiyatning
49
Do'stlaringiz bilan baham: |