Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
V BOB. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy xo’jalik shakllari va ularning rivojlanishi Ijtimoiy xo’jalik
V BOB. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI
1. Ijtimoiy xo’jalik shakllari va ularning rivojlanishi. 2. Tovar va uning xususiyatlari. 3. Qiymatning turli xil nazariyalari. 4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari. 1. Ijtimoiy xo’jalik shakllari va ularning rivojlanishi Ijtimoiy xo’jalik– insoniyat jamiyati taraqqiyotining alohida uzoq davrlari davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to‘liq ifodalab qoladigan, barqaror umumiy belgilariga ega bo‘lgan va rivojlanishida ma‘lum bir qonuniyatlarga asoslangan xo‘jalik yuritishning turlaridir. Ijtimoiy xo‘jalikning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish bo‘lgan, bunda mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z iste‘molini qondirish uchun, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Natural xo‘jalikning asosiy belgilari bu: - Mehnat taqsimoti rivojlanmaganligi; - Ishlab chiqarish biqiq xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchilarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘ysundirilganligi; - Ishlab chiqarish bilan iste‘mol o‘zaro mos kelib, bevosita xo‘jalik ichida bir-biri bilan bog‘langanligi; - Mehnat tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo‘lganligi; - Ishchi kuchining harakatchanligi cheklanganligi. Bunday xo‘jaliklar ibtidoiy jamoa tizimida hukm surgan. Hozirgi kunda ham er yuzining ayrim hududlarida (Urugvay, Gvineya) hamda shaxsiy yordamchi va tomorqa xo‘jaliklarda natural xo‘jalik belgilari saqlanib qolgan. Natural xo‘jalikning rivojlanishi natijasida tovar ishlab chiqarish paydo bo‘lgan. Tovar xo‘jaligi ibtidoiy jamoa tizimi ixtisoslashuvi davrida, bundan taxminan 7-8 ming yil oldin qaror topa boshlagan. 68 Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o‘zining iste‘moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi. Tovar ayriboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqur- lashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo‘jaliklarning tovar ayriboshlashga, o‘tish yo‘li bi- lan borgan. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni ayriboshlashni zarur qilib qo‘yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayriboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo‘lib boradi. Tovar xo‘jaligining belgisi bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti tarixida uchta bosqich ajratiladi: 1bosqich - dehqonchilikdan chorvachilik ajralgan, ular o‘rtasida doimiy mahsulot ayriboshlash uchun shart – sharoit vujudga kelgan. 2 bosqich - dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib tovar ishlab chiqarish vujudga kela boshlagan. 3 bosqich - ishlab chiqarishdan savdo-sotiq alohidalashgan, sudxo‘rlar qatlami shakllana boshlagan. Tovar ishlab chiqarishning ikkinchi belgisi – ishlab chiqaruvchilarning mulkdor sifatida iqtisodiy alohidalashgan bo‘lishi lozim. Ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jihatdan bir-biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o‘z mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga asoslanadi. Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik printsipi bo‘yicha, ya‘ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro aloqalarning kuchayishi natijasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi ro‘y beradi. Kooperatsiya – 69 bu kishilarning o‘zaro bog‘liq bir yoki bir nechta mehnat jarayonida birla- shishining tashkiliy shaklidir. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi sharoitida uning yiriklashish tamoyillari kuzatiladi. Bu ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi bo‘lib, u korxonalarda iqtisodiy resurslarning to‘planishi ya‘ni resurs ko‘lamining mustahkamlanishini anglatadi. Tovar xo‘jaligida ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi ko‘pincha uning integratsiyasiga olib keladi. Bu bir korxona doirasida mahsulotni tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar barcha tsiklning to‘planishidir. Nihoyat, tovar xo‘jaligining muhim belgisi erkin ayriboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik erkin ayriboshlash va xo‘jalik sub‘ektlari faoliyatining eng samarali yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan erkin narxlarning shakllanishiga yordam beradi. Shunday qilib tovar xo‘jaligining belgilari sifatida qo‘yidagilar chiqadi: ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjud bo‘lishi; ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida bir-biridan alohidalashuvi; mahsulotlarning bozor uchun erkin ayriboshlash maqsadida ishlab chiqarilishi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling