Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

«Yaponcha model» – bu ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan 
mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni xar tomonlama va 
so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg‘usi asosida yaratilgan. Yaponiya 
harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinchlik maqsadida barcha resurslarni to‘plash 
va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potentsialni o‘stirish imkoni yaratildi. Eng 
avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo‘ljallanib, (Amerika va G‘arbiy Evropa)dan 
eng yangi texnika, texnologiya, «nou-xau» sotib olinib, yuqori mehnat 
unumdorligiga erishildi, tadbirkorlik qo‘llab quvvatlandi. Jahon bozorida 
xomashyo va yoqilg‘ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy 
xarajatlarning yo‘qligi Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada 
yirik 
kompaniyalarni 
qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda ilmiy texnikaviy 
taraqqiyotga alohida ahamiyat berilishi katta rol o‘ynaydi. 
 «Shved model» – uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati 
ijtimoiy yo‘naltirilganligi, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratilganligidir. 
Aholining kam ta‘minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish 
chora-tadbirlari ko‘riladi. Bu andozaning shakllanishida Shvetsiyaning tarixan 
iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi va kasaba uyushmalarining jamiyatda, 
ayniqsa ishlab chiqarishda katta o‘rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. 
 «Janubiy Koreya modeli» – Shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy Koreyani 
qisqa muddat ichida rivojlanish darajasi past bo‘lgan mamlakatlar safidan 
rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi.
Markazlashtirilgan tarzda uzoq va o‘rta muddatli rejalar, maqsadli dasturlar 
tuzish, ularning bajarilish muddatlarining belgilanishi, xo‘jalik yuritishda bozor 
uslublarini qo‘shib olib borish Janubiy Koreyaga qisqa muddatlarda rivojlangan 
mamlakatlar safiga qo‘shilib, jahon tsivilizatsiyasida o‘ziga xos munosib o‘rinni 
egallash imkonini beradi. 
«Xitoy modeli» – iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo‘jaligini isloh 
qilishdan boshlandi. Qishloq xo‘jaligida xalq kommunallari asosiy xo‘jalik 


85 
yurituvchi sub‘ekt bo‘lib, davlat pudrat tizimi barpo qilindi. Dehqonlar ishlab 
chiqargan mahsulotlarning bir qismini davlatga shartnoma asosida va soliq 
hisobida topshiradilar, boshqa bir qismini mahalliy fondga topshirib, qolgani o‘z 
ixtiyoriga ko‘ra erkin narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin. 
Shunday qilib, har bir mamlakatning bozor munosabatlarini shakllantirishdagi 
boshqa mamlakatlar bilan o‘xshashlik tomonlariga qarab, ularni bozor 
iqtisodiyotining u yoki bu modeliga kiritish mumkin. Shu bilan birga har bir 
mamlakat o‘ziga xos xususiyatlar bilan boshqalardan farq qilar ekan, bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z yo‘liga va o‘z modeliga ega bo‘ladi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling