Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


VI BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

VI BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI 
 
1. Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va uning modellari. 
2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. 
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. 
4. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari. 
5. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari. 
1. Bozor iqtisodiyotining vujudga kelishi va uning modellari 
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo‘jaligi negizida bozor 
iqtisodiyoti vujudga kelib, u borgan sari rivojlanib borishini ko‘rsatdi. XVII–XVIII 
asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga 
o‘tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo‘lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard 
natijada hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tarixiy ob‘ektiv zarurat bo‘lib, kelajakda ravnaq 
topishining, oqilona xo‘jalik yuritishga erishishning samarali yo‘li hisoblanadi.
XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o‘tish global, ya‘ni umumjahon 
voqeligiga aylandi. Bu jarayon murakkab bo‘lib, har bir mamlakatning o‘ziga xos 
xususiyatlari hisobga olinib va turli modellari asosida amalga oshadi. Har bir 
mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li quyidagi omillarga 
bog‘liq: geografik o‘rni, tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zaxirasi,tarixiy 
taraqqiyot darajasi, aholining an‘analari va urf-odatlari, ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanish darajasi, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishi. 
Ayni vaqtda bozor iqtisodiyoti umumiy tomonlarga ham ega bo‘lib, bular: 
turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi, tovar va xizmatlarga erkin narxlar 
ustunligi, raqobat kurashiga asoslanishi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning ma‘lum tizimi mavjudligi va shu kabilarda namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti alohida mamlakatlarning xususiyatlari va uning umumiy 
tomonlarining o‘ziga xos qorishmasidan iborat iqtisodiy tizim bo‘lib, iqtisodiy 
fanda har hil model tarzida ifodalanadi. 


83 
Bunda bozor iqtisodiyoti modellarini ajratishga bir qator mezonlar asos qilib 
olinadi. Ularning asosiylari quyidagilar: 
- Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarining maqsadi va ko‘lami; 
- Iqtisodiyotni tartibga solish usullari; 
- Iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi; 
- Ish haqidagi farq va boshqa shu kabilar. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling