Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

2. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari 
Bozor iqtisodiyoti – xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan, iqtisodiy 
jarayonlar bozor mexanizmi yordamida uyg‘unlashtiriladigan va tartibga 
solinadigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga 
asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllaridagi harakati yotadi
iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
Bozor iqtisodiyoti sub‘ektlari tarkibi turli – tuman bo‘lib, uch turga ajratiladi.
1. Uy xo’jaliklari – iqtisodiyotning iste‘mochilik sohasida faoliyat 
ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida yaratilgan pirovard 
tovar va xizmatlar iste‘mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor 
va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar ham hisoblanadi.  
2. Tadbirkorlar sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi 
iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. Tadbirkorlar bozor xo‘jaligida tovar va 
xizmatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi.
3. Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni 
tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga 
xizmat qiluvchi muassasalar sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismdan 
iborat bo‘ladi: narx, raqobat, talab va taklif. 


86 
6.1-chizma. Bozor mexanizmining tarkibiy qismlari 
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun u, ishlab chiqaruvchi uchun 
ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib 
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar, o‘z 
navbatida, narxlardagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim belgilari quyidagilardan iborat:
- Turli shakllardagi mulkchilikning mavjudligi hamda xususiy mulk 
ustuvorligi; 
- Tadbirkorlik tanlovi va narxlar erkinligi; 
- Iqtisodiy manfaatlar rag‘batlantirilishi; 
- Davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun 
umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap 
borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish 
zarur. Uning birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllandi, g‘arbdagi 
rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U 
iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. 
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan 
aralash iqtisodiyot deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan amal 
qiladi.
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, 
barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar 


87 
bo‘lishini taqozo qiladi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik 
vositalardan keng miqyosda foydalanish, ishlab chiqarishni ixtisoslashishi va 
kooperatsiyasi; pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy vositalarning qo‘llanishi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling