Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Bozor iqtisodiyotining asosiy muammosi, afzalliklari va ziddiyatlari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. Bozor iqtisodiyotining asosiy muammosi, afzalliklari va ziddiyatlari 
Bozor iqtisodiyotida beshta asosiy muammosi mavjud bo‘lib, ular o‘z 
echimiga ham ega. 
Bular quyidagilar: 
1. Nima ishlab chiqarish zarur? Foyda keltiradigan tovarlar ishlab chiqariladi, 
zarar keltiradiganlari ishlab chiqarilmaydi. 
2. Qanday ishlab chiqarish zarur? Yangi texnika va texnologiyaga asoslangan 
korxonalarda ishlab chiqarish zarur.
3. Qancha ishlab chiqarish zarur? Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlar taqozo 
qiladigan miqdorda ishlab chiqariladi. 
4. Kim uchun ishlab chiqarish zarur? Aholining alohida tabaqalari (yuqori, 
o‘rta va kam ta‘minlanganlar) talabini hisobga olib ishlab chiqarish tashkil 
qilinadi. 
5. Iqtisodiy tizim ro‘y beradigan o‘zgarishlarga moslasha oladimi? Bunda 
mavjud iqtisodiy tizim bozor iqtisodiyoti muhitiga moslasha olishlik darajasi 
hisobga olinadi. 
Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi e‘tiborga loyiqdir. Bular: 
1. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali 
taqsimlash imkonini beradi. Uning mazmuni shundan iboratki, raqobatli bozor 
tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab 
chiqarishga yo‘naltiradi. Umuman, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday 
tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab 
darajasiga mos miqdorda ishlab chiqarishni ta‘minlaydi.
2. Erkinlik. Bozor iqtisodiy tizimining muhim afzalliklaridan biri, u shaxsiy 
erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Faqat bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni erkinlik 
qoidalari asosida uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va 
tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi. 


88 
3. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki u iqtisodiy faollikni 
rag‘batlantiradi. Bunda har bir subekt tinimsiz harakatda va iqtisodiy faol 
bo‘lishini taqozo etadi. Raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni 
ta‘minlash uchun kurash iqtisodiyot sub‘ektlarini harakatga soladi, ularni 
boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotining kamchiligi shundaki, u o‘zining bosh nazorat 
mexanizmi – raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni 
rag‘batlantiradi 
Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z 
iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod 
bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning 
xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning 
kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta‘sirining pasayib borishiga olib 
keladi. 
Bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning 
zaiflashishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‘llash 
asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish, ko‘pincha ko‘p 
miqdordagi mayda firmalar emas, balki uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab 
chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo etadi. 
Bozor 
iqtisodiyotining 
navbatdagi 
kamchiligi 
jamiyat 
a‘zolari 
daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan 
bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin, daromadlar 
tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma‘lum darajada yumshatishi 
mumkin. 
Bozor iqtisodiyotining umumiy e‘tirof etilgan kamchiliklaridan biri shundan 
iboratki, u ijtimoiy iste‘mol qilinadigan ne‘matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, 
bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a‘zolarini bunday ne‘matlar 
va xizmatlar bilan ta‘minlash davlat zimmasida bo‘ladi. 


89 
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan 
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining kamchiligi 
hisoblanadi va bu – pulning qadrsizlanishi – inflyatsiya bilan birga boradi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling