Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va
xususiyatlari. Markazlashgan ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. Bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyutsion va evolyutsion yo‘llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyutsion yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo‘lladilar. Bu yo‘lni amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o‘tish dasturlari ishlab chiqilib ularni tezkorlik bilan amalga oshirishga harakat qilindi. 104 O‘zbekistonning yangi iqtisodiy tizimiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li rivojlanishning o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat‘iyatlilik bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan iboratdir. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Respublika Birinchi Prezidenti I.Karimov tomo- nidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan. Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta‘minlash. Ikkinchidan, o‘tish davrida davlatning o‘zi bosh islohotchi bo‘lishi. Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‘i, qonunlarning ustunligini ta‘minlash. To‘rtinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. Beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish printsipi alohida e‘tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan xodimlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma‘naviy-ahloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. 105 Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yildi: – totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; – Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish. 16 Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi. Birinchidan, o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash; Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va iqtisodiyotning boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish. Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta‘minlash. Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishning birinchi bosqichida bir nechta yo‘nalishlarda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lgan, 100 ga yaqin asosiy qonun-hujjatlar qabul qilindi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling