Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


VII BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH DAVRI VA UNING


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

VII BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH DAVRI VA UNING 
O’ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI 
 
1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari. 
2. O’zbekistonda 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tishning tamoyillari va
xususiyatlari. 
3. O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy 
yo’nalishlari. 
4. O’zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, vazifalari. 
5. Hozirgi sharoitda va yaqin istiqbolda respublika ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining ustuvorliklari. 
1.
.
O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari 
O’tish davri - bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga iqtisodiy munosabatlarning 
bir turidan boshqa bir yangi turiga o‘tish uchun taqozo qilinadigan davrdir. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni iqtisodiy munosabatlarning 
alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, 
balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir. 
Buyuruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – ma‘muriy-
buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor 
tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirish uchun talab
qilinadigan davrdir. 
Bozor iqtisodiyotining belgilari uzoq davr davomida shakllanib, pirovard 
natijada yaxlit ijtimoiy tizimni tashkil qiladi. 
Bunda bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari xilma-xil bo‘lib, ularning umumiy 
va xususiy tomonlari farqlanadi. 
Jahon 
tajribasida 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o‘tishning barcha yo‘llari 
umumlashtirilib, quyidagi uchta turga ajratiladi: 
I. 
Rivojlangan mamlakatlar yo‘li; 
II. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li; 


102 
III. 
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li. 
Bu yo‘llarning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal 
qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. Shu bilan birga har bir yo‘lning 
o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning 
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. 
Masalan, 
bozor 
munosabatlariga 
o‘tishning g‘arbcha (rivojlangan 
mamlakatlar) yo‘lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik 
yoki sof bozor iqtisodiyotiga va undan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga 
o‘tiladi. 
Bunda bozor iqtisodiyotiga evolyutsion o‘zgarishlar orqali qaror topadi. XX 
asrning 30-yillariga kelib, ayniqsa 50-yillardan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu 
yo‘lni iqtisodchilar klassik yo‘l deb ataydilar. U bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan 
mamlakatlar uchun andoza bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Chunki, bu yo‘lda bozor 
iqtisodiyotining qonun-qoidalari, hayotiyligi sinab ko‘rilgan. Klassik modelning 
o‘zi ham 3 ga bo‘linadi: 
1. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti modeli ko‘proq aholi manfaatini 
himoya qilish, uzoq muddatli maqsadli dasturlarni ishlab chiqish, aholining 
haddan ziyod tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulki ulushining boshqa 
modellarga qaraganda ko‘pligi (25–30%) bilan ajralib turadi. Bu model 
Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos. 
2. Erkin bozor iqtisodiyoti (aralash) modelida esa davlat tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda ustun darajada 
taktik usullardan foydalanish, iqtisodiyotda davlat mulkining hissasi (10% 
atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, ish haqidagi farqning kattaligi bilan 
ajralib turadi. Bu modelni qo‘llagan mamlakat sifatida AQSh ni ko‘rsatish 
mumkin. 
3. Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes manfaatini himoya 
qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning rivojlanishiga yordam berish, 
davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish haqidagi farq haddan tashqari katta emasligi 


103 
bilan farqlanadi. Bu model Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda 
qo‘llanilgan. 
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu qoloq, an‘anaviy 
iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos 
belgilar turli xo‘jaliklar, azaliy natural xo‘jalik uning rivojlanish darajasi, bozor 
munosabatlariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya orqali 
yuz beradi. 
Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan, 
ma‘muriy – buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyotdan hozirgi zamon 
rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi 
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular 
batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‘lda bozor munosabatlariga 
o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi
mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning 
hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning mazkur yo‘lining o‘ziga xos 
xususiyatlarini belgilab beradi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling