Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi vazifa
- Uchinchi vazifa
- To’rtinchi vazifa
Birinchi vazifa – davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan
ishni oxiriga etkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag‘batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo‘lmagan qismning ulushini oshirish ko‘zda tutiladi. Ikkinchi vazifa – ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi. 19 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998. 332-333 бетлар 107 Uchinchi vazifa – milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlashdan iborat. Bu esa so‘mning konvertatsiyasi, qat‘iy valyutalarga erkin sur‘atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadrsizlanishiga qarshi ta‘sirchan choralarni qo‘l- lash, iste‘mol mollari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to‘ldirish, korxonalarning chetga tovar chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo‘li bilan erishiladi. To’rtinchi vazifa – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish. Bu tarkibiy o‘zgarishlarda Respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni, jumladan yoqilg‘i, energetika va g‘alla majmualarini rivojlantirish nazarda tutiladi. O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda birinchi bosqichda davlat sektori va bozor xo‘jaligidan iborat yarim erkinlashgan iqtisodiy tizim yuzaga keladi. Ikkinchi bosqichda iqtisodiyot to‘liq erkinlashtiriladi, xususiylashtirish tugallanadi, narxlar erkin qo‘yib yuboriladi, davlat korxonalarining monopol mavqei tugatiladi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining, hozirgi bosqichda ―harajatlar strategiyasi‖ga muvofiq iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosda amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish; Mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; Kichik biznes iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin olishiga erishish; 108 Mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini ta‘minlash; Iqtisodiyotda mamlakat iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling