Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
3. O’zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari Iqtisodiy munosabatlarning bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar: – mulkiy munosabatlarni isloh qilish; – agrar islohotlar; – moliya-kredit va narx-navo islohoti; – boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; – tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; – ijtimoiy islohotlar. 20 Bozor islohotlarining bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishdir, shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi Respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko‘zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishga qaratiladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq xo‘jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar 20 Иқтисодий ислоҳотларни амалга оширишнинг бу асосий йўналишлари И.А.Каримовнинг «Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида» китобида баѐн қилиб берилган. 109 sabab bo‘ldi. Birinchidan, Respublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka ega bo‘lib, aholining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog‘liq ekanligi. Ikkinchidan, Respublika butun sanoat potentsialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoatning ko‘pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mashinasozligi va boshqalar) rivoj- lantirish istiqbollari bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liq. Uchinchidan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta) valyuta resurslari, Respublika uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta‘minlayotgan asosiy manbadir. To‘rtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi roli ortib boradi. O‘zbekistonda agrar islohotning negizi erga bo‘lgan mulkchilik masalasi hisoblanadi. Respublika qonunchiligida er xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi sababli qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga erni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo‘yish orqali erishish ko‘zda tutilgan. Respublikada erga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlatning o‘z zimmasiga olganligidir. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o‘zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruktsiyalashga, qurishga va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir. Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi mavjud davlat xo‘jaliklarini mulkchilikning aralash, jaoma va boshqa shakllariga aylantirilib borilganligidir. Ularning tarkibida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligini isloh qilishning keyingi yo‘nalishi – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug‘oriladigan yerlarni shaxsiy xo‘jaliklar va bog‘- dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo‘li bilan aholini yer bilan 110 ta‘minlashdan iborat bo‘ladi. Shu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashdagi keskinlikka barham berishga va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo‘lindi. Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratib berildi, shaxsiy tomorqa uchun berilgan erning umumiy maydoni 700 ming gektarga etdi. Natijada dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992 yildagi 33% dan 1999 yilda 60,3% ni, 2002 yilda 66% ni va 2008 yilda 65,3% ni 2012 yilda 63,7%ni va 2014 yilda 64,3% ni 2016 yilda 65,1 tashkil qilgan. Respublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo‘nalishi – bu qishloq xo‘jalik Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling