Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida respublika ijtimoiy-


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
5. Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida respublika ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining ustuvorliklari 
Mamlakatimizda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini 
bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi shu davrda 
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib 
qoldi. 
Mamlakatimizda, milliy iqtisodiyotni isloh etish, erkinlashtirish va 
modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida 
amalga oshirilayotgan ishlar natijasida inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy 
ta‘siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, mustahkam va ishonchli himoya 
vositalari yaratildi. 
Inqirozga qarshi choralar dasturida – belgilangan chora tadbirlar quyidagi 
beshta asosiy vazifani hal etishga qaratildi. 
Birinchidan – korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni 


116 
keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eks-
portga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga 
tegishlidir. 
Ikkinchidan – joriy kon‘yuktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi 
sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda 
raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga 
oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
Uchinchidan – qat‘iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish 
xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan 
korxonalarning raqobatdoshligini oshirish. 
To’rtinchidan – elektrenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya 
iste‘molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish 
choralarini amalga oshirish. 
Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki 
bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-
quvvatlash. Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini 
kengaytirish katta o‘rin tutadi.
Respublikamizda yaqin istiqbol yillarida ham ―izchil yuqori o‘sish 
sur‘atlarini, 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni 
saqlash 
va 
iqtisodiyotimiz 
raqobatbardoshligini oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi 
darkor‖
21
 
Bu davrda iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya 
qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko‘lamini 
kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o‘rin tutadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling