Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyotchilar tomonidan ayriboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liqlikda talqin qilinadi. Bir tovarning qiymati u boshqa tovarga ayriboshlaganda ma‘lum bo‘ladi (T- T). Birinchi qarashda ayriboshlash bitimida tovarlar bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa 75 tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa ekvivalent rolida chiqadi, qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda pulning kurtagi mavjud bo‘ladi. Ayriboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi uni 1 qop donga almashtiradi. (1 bolta= 1 qop don). Bu tenglikda bolta o‘z qiymatini 1 qop donda ifodalaydi. Don esa bolta qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida ayriboshlash yanada rivojlandi. Tobora ko‘p turdagi va miqdordagi mahsulotlar ayriboshlash jarayoniga jalb etilib boriladi. Bunda hamma tovarlarga ayriboshlash mumkin bo‘lgan tovarga zaruriyat tug‘iladi. Dastlab bunday vazifani turli tovarlar bajarib, ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o‘tib borgan. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin ketin oltin valyutaga, ya‘ni monemetall tizimiga o‘ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo‘ladi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi. O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va mis tangalar muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501–1610) va Abdullaxon (1583–1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695–1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan 13 . Umumiy ekvivalent rolini nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilishiga sabab quyidagilar bilan izohlanadi: - Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi; 13 Чжен В.А Пул ва молия бозорлари. Т.: 1996. 25-26-бетлар. 76 - Zanglamasligi va uzoq muddat saqlanishi; - Bo‘linuvchanligi va uni yaxlit holga keltirish osonligi; - Tabiatda nisbatan kamyobligi; - Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metalning qiymati ancha yuqoriligi. Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayriboshlashning rivojla- nishiga asoslanadi. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling