Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


O’zbekistonda mehnatga haq to’lashning yagona ta’rif setkasi


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

O’zbekistonda mehnatga haq to’lashning yagona ta’rif setkasi 
12.1-jadval 
Mehnatga haq to’lash razryadlari 
Ta’rif koeffitsientlari 

2,476 

2,725 

2,998 

3,297 

3,612 

3,941 

4,284 

4,640 

4,997 
10 
5,362 
11 
5,733 
12 
6,115 
13 
6,503 
14 
6,893 


187 
15 
7,292 
16 
7,697 
17 
8,106 
18 
8,522 
19 
8,943 
20 
9,371 
21 
9,804 
22 
10,240 
Mehnatga haq to‘lashning tegishli razryadlari bo‘yicha ish haqini 
hisoblashda u eng kam ish haqi miqdoriga ko‘paytiriladi.
Agar biron kasb 18-razryadga kiritilsa unga to‘lanadigan ish haqi shu 
razryad tarif koeffitsienti (8,522) ni eng kam ish haqi miqdori (2017 yil yanvardan 
149775 so‘m) ga ko‘paytiriladi, ya‘ni 8:522 
x
149775 

1276382 so‘m 55 tiyin. 
3. Ishchi kuchi bozorida ish haqi 
Mexnatning alohida turlariga talab va ish haqi darajasini belgilovchi bir 
qator umumiy omillar mavjud. Ularning asosiylari qo‘yidagilar: 
- Mehnatning aniq turi taklifining cheklanganligi; 
- Bajariladigan ishlarning jozibadorligi; 
- Ishlovchilarning malakasi, kasbiy tayyorgarligi va mahorati. 
Mamlakatdagi ishchi kuchi umumiy taklifini quyidagi omillar belgilab 
beradi: 
- Mamlakat aholisining soni; 
- Aholining umumiy sonida mehnatga yaroqli bo‘lganlar salmog‘i; 
- Aholining jinsi va yosh tarkibi. 
Mehnatning sof raqobatli bozorida ish haqi darajasining shakllanishi quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘ladi: 
- ish haqi darajasi alohida mehnat turiga yalpi talab va uning yalpi taklifi 
ta‘sirida shakllanadi; 
- alohida ishga yollanuvchilar va ishga yollovchilar ish haqi darajasiga 
ta‘sir ko‘rsata olmaydi; 


188 
- mehnatga umumiy talab yoki uning umumiy taklifidagi ancha katta 
o‘zgarishlar ish haqi darajasida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. 
Monopsoniya sharoitida ish haqi darajasi quyidagicha aniqlanadi: 
- ishga yollovchilar ish haqi darajasini belgilashda nisbiy hukmronlikka 
ega bo‘ladi; 
- alohida mehnat turi taklifining cheklanishi ish haqi o‘rtacha darajasining 
ko‘tarilishiga olib keladi; 
- mehnat turiga talab kamayganda ish haqi darajasi pasayadi. 
Ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasi (W) va band bo‘lganlar soni (L) talab 
(D) va taklif (S) ning o‘zaro ta‘siri natijasida aniqlanadi ( 12.1 - chizma) 
Mazkur bozorda muvozanatlik barcha tadbirkorlar W0 darajasida ish haqi 
to‘lashga roziligini, yetarli miqdorda bo‘sh qo‘llar mavjudligini va ishchi kuchiga 
talab to‘liq qondirilganligini anglatadi. 
Bozor muvozanati holatida barcha xodimlar to‘liq ish bilan ta‘minlangan va 
ish haqining W

darajasida o‘zlarining mehnatini tavsiya qilishga tayyor bo‘ladi. 
Shu sababli E nuqta to‘liq bandlik holatini ko‘rsatadi. Boshqa har qanday sharoitda 
ish haqi W

darajadan farq qilib ishchi kuchi bozoridagi muvozanatlik buziladi. 
Haqiqatda, agar ishchi kuchi taklifi unga bo‘lgan talabdan ortsa, ishsizlik vujudga 
keladi, ishlab chiqarishda band bo‘lganlar, ish o‘rinlarini yo‘qotib qo‘ymaslik 
uchun, o‘zlarining mehnat qilish layoqatini ancha past ish haqi darajasida ham 
taqdim qilishga tayyor turadi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling