Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

1. Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalari bu talabni 
belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga 
bo‘lgan talabni ko‘paytirishi mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga hara-
kat qiladi: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatga talabni 
oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda 
foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish. 
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Bunga quyidagi yo‘llar bilan 
erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehnatini qisqartirish; v) 
pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash; g) ish haftasini qisqartirishga 
yordam berish. 
3. Kasbni malakali litsenziyalash. Bu ma‘lum mehnat turi taklifini 
cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma‘muriyatiga 
ma‘lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga 
qabul qilishga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining ta‘lim darajasi, 
mutaxassislik bo‘yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi. 
4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga 
ega bo’lgan tadbirkorlarga qarshilik ko’rsatish yo’li bilan ham ish haqi 
stavkasini oshirishga erishish mumkin.  


191 
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta‘sirini ham aks 
ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha 
tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga 
bo‘lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy 
iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydi. 
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta‘minlangan 
oilalarga yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya 
ta‘minoti va boshqalar) katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Davlatning mehnat munosabatlariga ta‘sir ko‘rsatish yo‘llari sifatida yana 
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 

ish haqining eng kam darajasi (minimal ish haqi)ni aniqlash va 
o‘zgartirish; 

ishga yollashning umumiy shart-sharoitlarini belgilash; 

bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini amalga oshirish; 

davlat ta‘lim tizimi orqali ishchilarni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil 
qilish. 
Davlatning 
ish 
kuchi 
bozoridagi 
vositachilik 
roli 
ham 
mehnat 
munosabatlariga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘ziga 
qisman ishchi o‘rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish 
bo‘yicha umummilliy dasturlarni ishlab chiqish vazifalarini oladi. Ishchilarni o‘qi-
tish va qayta tayyorlashning davlat tizimi, bozorning o‘zgaruvchan talablariga tez 
moslashishga imkon beradi. 
Ishchi kuchi bozorining barcha qarab chiqilgan xususiyatlari, uning etarli 
darajada takomillashmagani, ya‘ni unda raqobatdan tashqari omillar – davlat, 
kasaba uyushmalari va yirik korporatsiyalar ishtirok etishini ko‘rsatadi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling