Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
-chizma.Ishchi kuchi bozori modeli
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
12.1-chizma.Ishchi kuchi bozori modeli 189 Tadbirkorlar ham ish haqi pasayib borishi sharoitida ko‘proq xodimlarni ishga yollashga harakat qiladi. Shunday qilib, ish haqining pasayish tamoyili ishchi kuchi taklifi va unga bo‘lgan talab sohasida ham qaror topadi. Ish haqi muvozanatli darajaga nisbatan pasaygan sharoitda ishchi kuchiga talab uning taklifidan ortsa ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish uchun ish haqini oshirishga tayyor bo‘ladi. Ish haqining bunday ortishi tufayli ishchi kuchini taklif qilishga tayyor xodimlar soni ko‘payadi. Ham birinchi, ham ikkinchi holatda ishchi kuchi bozorida muvozanatlilik tiklandi va to‘liq bandlik holatiga keladi. Ishchi kuchi taklifining yana bir xususiyati shundaki, u kishilarning shaxsiy erki va afzal ko‘rishiga bog‘liq bo‘ladi. Xodim qancha vaqt ishlashini hamda vaqtning qancha qismini dam olish va boshqa muqobil ishlarga ajratishini o‘zi hal qiladi. Ishchi kuchi bozoriga tadbiqan o‘rnini bosish samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, xodim tomonidan bo‘sh vaqtning har bir soati yo‘qotilgan naf sifatida qaraladi. Daromad samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, xodim moddiy ta‘minlanishning etarlicha yuqori darajasiga erishganda ish haqining yanada oshishi bo‘sh vaqt foydasiga mehnat taklifining qisqarishiga olib keladi. Ishchi kuchi bozorida kishilar xulqidagi aynan shunday qonuniyat uzoq vaqt davomida ish haftasi qisqarish tamoyili asosida yotadi. Rivojlangan g‘arb davlatlarida oxirgi 100 yil davomida ish haftasi 40% ga qisqarib, uning hisobiga bo‘sh vaqt keskin ortgan. Inson hayot davri cheklanganligi sababli bo‘sh vaqt eng qadrli ne‘mat hisoblangan sharoitda uning ortishi nihoyatda ahamiyatli. 4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uning tartibga solinish xususiyatlari Ishga yollash bo‘yicha korxona ma‘muriyati va ishchilar o‘rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, normadan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam 190 olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste‘molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi paketlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi. Ko‘pchilik bozorlarda ishchilar o‘zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadi». Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling