Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini mehnat


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini mehnat 
resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir 
mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida topadi. 
Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, 
madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi. 
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: emigra-
tsiya va immigratsiya. Emigratsiya-mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib 
ketishni, immigratsiya-mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. 
Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayriboshlash bir qator shakllarda 
amalga oshiriladi. U innovatsiyalar, ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxassislar, fan 
sohasi xodimlari bilan ayriboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida 
berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani 
ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma tadbirkorlikni o‘z ichiga oladi. 
Ilmiy texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri injiniring 
hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa 
ob‘ektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini 
berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. 


468 
Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy 
chegaralar orqali to‘xtovsiz o‘sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining 
rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Juda muhim transport tizimi (dengiz, 
daryo, havo, temir yo‘l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining 
rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog‘i tobora ko‘proq ahamiyat kasb 
etib boradi.
Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo 
birlashmalari keng tarmoqli axborot majmuasi misli ko‘rilmagan tezlik bilan 
rivojlanib ularning ta‘siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga 
yoyilmoqda. 
Hozirgi sharoitda turli xalqaro darajalarda maxsus «ma‘lumotlar banklari» 
tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni 
qidirib topishni ancha engillashtiradi. 
Xalqaro ayriboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomaterial 
aloqalarga tobora ko‘proq o‘rin bo‘shatadi, ya‘ni fan-texnika yutuqlari, ishlab 
chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayriboshlash 
o‘sib boradi.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling