Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari 
Pulning kelib chiqishi haqidagi masala turli xil nazariyotchilar tomonidan 
ayriboshlashning rivojlanish jarayoni bilan bog‘liqlikda talqin qilinadi.
Bir tovarning qiymati u boshqa tovarga ayriboshlaganda ma‘lum bo‘ladi (T-
T). Birinchi qarashda ayriboshlash bitimida tovarlar bir xil rol o‘ynaydigandek 
ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa 


75 
tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa ekvivalent rolida chiqadi
qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda pulning kurtagi 
mavjud bo‘ladi.
Ayriboshlash rivojining dastlabki bosqichi qiymatning oddiy yoki tasodifiy 
shakli deb ataladi. Bunda, masalan, boltaning egasi uni 1 qop donga almashtiradi. 
(1 bolta= 1 qop don).
Bu tenglikda bolta o‘z qiymatini 1 qop donda ifodalaydi. Don esa bolta 
qiymatining ifodasidir, uning qiymatini ifodalash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi va ishlab chiqarishning o‘sishi 
natijasida ayriboshlash yanada rivojlandi. Tobora ko‘p turdagi va miqdordagi 
mahsulotlar ayriboshlash jarayoniga jalb etilib boriladi. 
Bunda hamma tovarlarga ayriboshlash mumkin bo‘lgan tovarga zaruriyat 
tug‘iladi. Dastlab bunday vazifani turli tovarlar bajarib, ishlab chiqarishning 
rivojlanish jarayonida bu rol asta-sekin oltinga o‘tib borgan.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin ketin oltin valyutaga, ya‘ni 
monemetall tizimiga o‘ta boshlaydilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, 
Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo‘ladi. Angliyada oltin pul tizimi 
XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy 
etilgan edi.
O‘zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq, kumush va mis tangalar 
muomalada bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda 
pul islohotini o‘tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501–1610) va Abdullaxon 
(1583–1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va 
kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtiriladi. 1695–1709 
yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og‘irligi 4,8 gramm, 
sifat sofligi juda yuqori – 958 bo‘lgan
13

Umumiy ekvivalent rolini nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilishiga 
sabab quyidagilar bilan izohlanadi:
- Sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi; 
13
Чжен В.А Пул ва молия бозорлари. Т.: 1996. 25-26-бетлар. 


76 
- Zanglamasligi va uzoq muddat saqlanishi; 

Bo‘linuvchanligi va uni yaxlit holga keltirish osonligi; 
- Tabiatda nisbatan kamyobligi; 
- Ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metalning qiymati ancha 
yuqoriligi. 
Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayriboshlashning rivojla-
nishiga asoslanadi. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi 
maxsus tovardir.

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling